Massa o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya massa o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan. Laboratoriya massasi 1 g dan 500 g gacha bo‘lgan F1, F2, M1, massasi 1 mg dan 1 kg gacha bo‘lgan F2, M1 va massasi 1 mg dan 5 kg gacha bo‘lgan M2, M3 hamda massasi 20 kg M1 aniqlik sinfidagi toshlarni qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari laboratoriya yuqori o‘lchash chegarasi 500 g bo‘lgan maxsus, 20 kg bo‘lgan yuqori va 200 tn gacha bo‘lgan o‘rta aniqlik sinfidagi elektron hamda mexanik tarozilarni qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi.
Bosim o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya bosim o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya o‘lchash ko‘lami minus 0,1 dan 60 MRa gacha bo‘lgan yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Harorat o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya harorat o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya o‘lchash ko‘lami minus 50 dan 1200 ⁰C gacha bo‘lgan yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Sarf va hajm o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya sarf va harajat o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya sarf va harajat o‘lchash vositalarini qiyoslash uchun yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Fizik-kimyoviy o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya fizik-kimyoviy o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya fizik-kimyoviy o‘lchash vositalarini qiyoslash uchun yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Suv hisoblagichlarni qiyoslash laboratoriyasi
Yuridik va jismoniy shaxslarning maishiy va sanoat suv hisoblagichlarini qiyoslash laboratoriyasi ichimlik va issiq suv hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya o‘lchash oralig‘i 0,03 dan 30 m3/h gacha bo‘lgan suv hisoblagichlarini qiyoslash imkoniyatiga ega.
Gaz hisoblagichlarni qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriyada halqaro va davlat standart talablari asosida sifatli va ishonchli qiyoslash ishlari malakali, tajribali mutaxassislar tomonidan zamonaviy, aniqligi yuqori bo‘lgan o‘lchash oralig‘i 0,016 dan 40 m3/h gacha bo‘lgan tabiiy gaz hisoblagichlarini qiyoslash imkoniyatiga ega.
Elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash uchun yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan. Shuningdek, boʻlimda viloyatda mavjud podstansiyalardagi (0-45000) A gacha boʻlgan tok transformatorlarini joyida qiyoslash imkoniyatiga ega.
Geometrik o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya geometrik o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya geometrik o‘lchash vositalarini qiyoslash uchun yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Vaqt va harakat parametrlari o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya vaqt va harakat parametrlari o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya o‘lchash ko‘lami 220 km/h gacha bo‘lgan yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Gazlar namligini oʻlchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Siqilgan gaz quyish shahobchalarida gazni namligini oʻlchashda (shudring nuqtasini aniqlashda) foydalanishga moʻljallangan oʻlchash vositalari -75о С gachani tashkil etadi.
Manzil: Namangan sh. Nodira ko‘chasi, 9 uy
Telefon: (69) 228-81-33
E-mail: namangan@nim.uz
Filial rahbari: Nishonov Xusan Xafizxonovich
Telefon: (91) 364-00-44