Filialning “O‘lchash vositalarini metrologik tekshirish bo‘limi” yagona o‘lchash birliklarini taʼminlash maqsadida qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda. Bo‘limda 15 nafar malakali mutaxassislar faoliyat yuritadi. Shundan 2 nafar xodim ilmiy unvonga ega. Bundan tashqari hozirda kalibrlash ishlari uchun qo‘shimcha laboratoriyalar tashkil etilgan.
Geometrik o‘lchash vositalarini kalibrlash laboratoriyasi
Laboratoriya geometrik o‘lchash vositalarini kalibrlash ishlarini amalga oshiradi
Laboratoriya geometrik o‘lchash kalibrlash qiyoslash uchun yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Jumladan,
0-300 mm (noaniqligi 0,06 mm) boʼlgan Shtangentsirkul
0-300 mm (noaniqligi 0,07 mm) boʼlgan Shtangenglubinomer
0-300 mm (noaniqligi 0,06 mm) boʼlgan Shtangenreysmas
0-25 mm (noaniqligi 0,003 mm) boʼlgan Mikrometr
25-300 mm (noaniqligi 0,006 mm) boʼlgan Mikrometr
0-25 mm (noaniqligi 0,007 mm) boʼlgan Soatsimon turidagi indikator
Avtosanoat, suv xoʻjaligi, neft va gaz, energetika, yengil sanoat, farmatsevtika, kimyo, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida keng miqyosda foydalaniladi va yuqori aniqlikdagi oʻlchashlarni taʼminlaydi.
Massa o‘lchash vositalarini kalibrlash va qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya massa o‘lchash vositalarini kalibrlash, qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi.
Laboratoriya massa o‘lchash vositalarini kalibrlash uchun yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Jumladan, 1 kg gacha bo‘lgan laboratoriya elektron tarozisi (0,005-0,023 gr).
Laboratoriya yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Bosim o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Bosim va harorat o‘lchash vositalarini yagona o‘lchash birliklarini taminlash maqsadida qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlari bo‘lim tomonidan amalga oshiriladi.
Avtosanoat, suv xoʻjaligi, neft va gaz, energetika, yengil sanoat, farmatsevtika, kimyo, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida keng miqyosda foydalaniladi va yuqori aniqlikdagi oʻlchashlarni taʼminlaydi. Bosim labaratoriyasi, Sfigmomanometrlar, bosim o‘lchash o‘zgartirgichlari, vakuummetrlar, manometrlar qiyoslash va metrologik attestasidan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi.
Labaratoriya o‘lchash ko‘lami minus 0,098 dan 60 MRa gacha bo‘lgan yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Harorat o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Harorat laboratoriyasida suyuqli va simobli shishali termometrlar, manometrik va bimetalik termometrlar, termoelektrik termometrlar, raqamli termometrlar, termo o’zgartkichlar va psixrometrik gigrometrlar qiyoslash va metrologik attestasidan o’tkazish ishlarini amalga oshiradi.
Labaratoriya o‘lchash ko‘lami minus 45 dan 1250 °C gacha bo‘lgan yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Gaz hisoblagichlarni qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriyada halqaro va davlat standart talablari asosida sifatli va ishonchli qiyoslash ishlari malakali, tajribali mutaxassislar tomonidan zamonaviy, aniqligi yuqori bo‘lgan o‘lchash oralig‘i 0,016 dan 10 m3/h gacha bo‘lgan tabiiy gaz hisoblagichlarini qiyoslash imkoniyatiga ega.
Elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi.
Laboratoriya elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash uchun yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Manzil: Andijon sh., Fitrat ko‘chasi, 251 uy
Telefon: (74) 223 87 83
E-mail: andijon@nim.uz
Filial rahbari: Patidinov Nurillo Turg‘unbayevich
Telefon: (91) 6017700