QO‘QON FILIALIDA QIYOSLASH VA KALIBRLASH XIZMATLARI YANGI BOSQICHGA CHIQMOQDA

So‘nggi yillarda “O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti” davlat muassasasining Qo‘qon filialida o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash yo‘nalishlari izchil rivojlanib, bu boradagi natijalar yillar kesimida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Filial faoliyatida xalqaro va milliy standartlar asosida xizmat turlarini kengaytirish, mutaxassislar salohiyatini oshirish hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘lchash vositalarini qiyoslash yo‘nalishida muhim bosqich 2020-yil […]
NAVRO‘Z – YANGILANISH VA BIRLIK BAYRAMI

🌸 Navro‘z – bu yasharish, yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi. Tabiat uyg‘onib, bahor fasli o‘zining beg‘ubor go‘zalligini namoyon etar ekan, xalqimiz Navro‘zni intiqlik bilan kutadi. U ezgulik, birdamlik va saxovat ramzi sifatida yuraklarga iliqlik, qalblarga quvonch olib keladi. ⚡️ Joriy yilning 19-mart kuni “O’zMMI” DM Qo‘qon filiali va «UzTest» DM filiallari xodimlari Qo‘qon shahar Yoshlar […]
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida

🌿 O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Qo‘qon filiali xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasida faol ishtirok etdi. 🌱 Tashabbus doirasida atrof-muhitni obodonlashtirish, ekologik muvozanatni saqlash va yashil hududlarni kengaytirish maqsadida turli manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ona tilim g‘ururim, faxrim

Bu yil O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘lishi munosabati O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining hududiy filiallari tomonidan “Ona tilim g‘ururim, faxrim” mavzusi qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlar davomida davlat tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan farmon va qarorlar, me’yoriy hujjatlar hamda ona tilimiz qadri va nufuzini yanada oshirish borasidagi amaliy ishlar alohida e’tirof […]
O‘zbekiston metrologiyasi 100 yoshda

Qadim Buyuk ipak yo‘lida joylashgan yurtimizda metrologiya ya’ni o‘lchashlar borasidagi ilk qadamlar bundan roppa rosa 100 yil avval qo‘yilgan. Bu qadam o‘z vaqtining aniq o‘lchashlarini ta’minlab o‘lchashlar birxilligini belgilay boshlagan. 1924 yilda o‘lchashlar bo‘yicha yig‘ilishda 2 bayonnomaga asosan Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida amal qilish doirasi butun Turkiston Respublikasi bo‘lgan Savdo o‘lchov va tarozilarini Qiyoslash Palatkasi […]
KALIBRLASH UCHUN AKKREDITLANDI

Endilikda O‘zMMI DM Qo‘qon filiali massa kattaliklari bo‘yicha tadbirkorlarga kalibrlash xizmatlarini amalga oshiradi. Bu bilan, o‘z o‘rnida, Respublikada bajariladigan o‘lchash natijalarining xalqaro darajada metrologik kuzatiluvchanligini ta’minlashga hamda mahalliy mahsulotni chet elga yetkazib berishda o‘lchash va sinash natijalarining tan olinishiga erishiladi. Hozirda Qo‘qon filialining kalibirlash laboratoriyasi massa kattaliklari bo‘yicha 10 mg dan 1 kg gacha bo‘lgan […]
Tarixiy an’anaga ega korxonada metrologik xizmat ko‘rsatildi

Qo‘qon xonligidagi qog‘ozgarlik ustaxonasi Markaziy Osiyoda faoliyat ko‘rsatayotgan birdan-bir fabrika bo‘lgan edi. Darhaqiqat, Qo‘qon qog‘ozi sifati, chidamliligi, nafisligi jihatidan Xitoyniki bilan bemalol bellasha olgan. Shu bois hatto Qashg‘ar, Shimoliy Afg‘oniston va Misrga ham olib borib sotilgan. Bu qog‘ozdan Buxoro amirligi qog‘oz pullar ishlab chiqarishda foydalanganligi ma’lum. Chunki, Qo‘qon qog‘ozidek shaffof va nafis qog‘oz dunyoda bo‘lmagan […]
Yirik hajmli idishlar qiyoslandi

Tabiiy gaz. Kundalik hayotimizning bir bo‘lagiga aylanib ulgurgan ushbu mineral resurs qanday qazib olinishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?… Eng qizig‘i, yer qaridan qazib olinadigan ushbu ne’matning qanday vujudga kelgani to‘g‘risida dunyo olimlari haligacha bahslashadi. Biogen nazariyaga ko‘ra, tabiiy gaz paleozoy davrining so‘ngida nobud bo‘lgan o‘simlik va hayvon organizmlaridan, bakteriyalar, yuqori bosim va harorat ta’sirida hosil […]