Qo‘qon xonligidagi qog‘ozgarlik ustaxonasi Markaziy Osiyoda faoliyat ko‘rsatayotgan birdan-bir fabrika bo‘lgan edi. Darhaqiqat, Qo‘qon qog‘ozi sifati, chidamliligi, nafisligi jihatidan Xitoyniki bilan bemalol bellasha olgan. Shu bois hatto Qashg‘ar, Shimoliy Afg‘oniston va Misrga ham olib borib sotilgan. Bu qog‘ozdan Buxoro amirligi qog‘oz pullar ishlab chiqarishda foydalanganligi ma’lum. Chunki, Qo‘qon qog‘ozidek shaffof va nafis qog‘oz dunyoda bo‘lmagan deb hisoblanadi. Nafisligi shundaki, unga matn yozilsa, bu yozuvni qog‘ozning orqa tarafidan ham bemalol o‘qish mumkin bo‘lgan.
Ana shunday an’analarga sodiq qolgan holda Qo‘qon shahrida qog‘ozlarni qayta ishlash korxonasi mavjud. “Europrint” korxonasi 2005-yildan beri aholi va tadbirkorlarni sifatli qog‘oz mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda. Joriy yilning 21-iyul kuni Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Qo‘qon filiali metrologlari tomonidan sayyor xizmat tashkil etildi. Sayyor xizmat davomida korxonada mavjud bo‘lgan manometrlar, pH metr, tarozilar va boshqa o‘lchash vositalari davlat qiyoslovidan o‘tkazildi.
Qo‘qon filiali