Endilikda O‘zMMI DM Qo‘qon filiali massa kattaliklari bo‘yicha tadbirkorlarga kalibrlash xizmatlarini amalga oshiradi.
Bu bilan, o‘z o‘rnida, Respublikada bajariladigan o‘lchash natijalarining xalqaro darajada metrologik kuzatiluvchanligini ta’minlashga hamda mahalliy mahsulotni chet elga yetkazib berishda o‘lchash va sinash natijalarining tan olinishiga erishiladi.
![]() |
![]() |
Hozirda Qo‘qon filialining kalibirlash laboratoriyasi massa kattaliklari bo‘yicha 10 mg dan 1 kg gacha bo‘lgan tarozilarga va Hajm kattaliklari bo‘yicha kimyo sanoat va tibbiyotda va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladigan shisha sig’imlarni hamda Shtangensirkullarni 0,5 mm dan 500 mm kalibrlash uchun akkreditlandi.

