![]() |
![]() |
![]() |
🌸 Navro‘z – bu yasharish, yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi. Tabiat uyg‘onib, bahor fasli o‘zining beg‘ubor go‘zalligini namoyon etar ekan, xalqimiz Navro‘zni intiqlik bilan kutadi. U ezgulik, birdamlik va saxovat ramzi sifatida yuraklarga iliqlik, qalblarga quvonch olib keladi.
⚡️ Joriy yilning 19-mart kuni “O’zMMI” DM Qo‘qon filiali va «UzTest» DM filiallari xodimlari Qo‘qon shahar Yoshlar bog‘ida o‘tkazilgan Navro‘z bayrami tadbirida ishtirok etishdi. Bahoriy shukuh bilan o‘tgan bayram barchaga unutilmas xotiralar ulashdi.
🌸 Tadbir davomida madaniy va sport tadbirlari tashkil etilib, milliy urf-odatlarimiz namoyish etildi. Ishtirokchilar an’anaviy milliy o‘yinlarda qatnashib, o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan sport musobaqalari esa barchaga yanada ko‘proq zavq ulashdi.
🎶 Bayram dasturi doirasida jonli kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar va teatrlashtirilgan chiqishlar namoyish etildi. Xalq ijodkorlari va yosh san’atkorlarning mahoratli chiqishlari barchani quvontirdi. Shuningdek, shoir va yozuvchilarning bahor va Navro‘z madh etilgan she’rlari kechaga yanada fayz bag‘ishladi.


