Tabiiy gaz. Kundalik hayotimizning bir bo‘lagiga aylanib ulgurgan ushbu mineral resurs qanday qazib olinishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?…
Eng qizig‘i, yer qaridan qazib olinadigan ushbu ne’matning qanday vujudga kelgani to‘g‘risida dunyo olimlari haligacha bahslashadi. Biogen nazariyaga ko‘ra, tabiiy gaz paleozoy davrining so‘ngida nobud bo‘lgan o‘simlik va hayvon organizmlaridan, bakteriyalar, yuqori bosim va harorat ta’sirida hosil bo‘lgan.
Hozirgi kunda tabiiy gazni qazib olish uchun avval geologik qidirish ishlari olib boriladi. Foydali qazilmalar topilgan joyga maxsus moslamalar o‘rnatiladi va burg‘ulash ishlari boshlanadi.Ana shunday bulg‘ulash va qazib olish xizmatini bajaruvchi yirik korxonalardan biri bu “Eriell group” korxonasi ushbu korxona Markaziy va Janubiy Osiyo, shuningdek Yaqin Sharqdagi neft va gaz tarmog‘ining yetakchi kompaniyalari uchun quduqlarni qurish va kapital ta’mirlash xizmatlarini taqdim etadi.
Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Qo‘qon filialining malakali xodimlari tomonidan “Eriell group” korxonasi murojatiga asosan joriy yilning 18-iyul kuni sayyor metrologik xizmat tashkil qilindi. Filial metrologlari tomonidan korxonada foydalanishda bo‘lgan yoqilg‘i saqlash idishlari, metrli tayoq, merniklar davlat qiyoslovidan o‘tkazildi.
Qo‘qon filiali