
Kecha Evro-Osiyo mintaqasi davlat metrologiya muassasalari hamkorligi (KOOMET)ning “Massa va u bilan bog‘liq kattaliklar” texnik qo‘mitasi (TQ 1.4) navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Texnik qo‘mita yig‘ilishida gaz va suyuqlik sarfi bo‘yicha solishtirishlarni amalga oshirish, hamda texnik qo‘mitaning qarorlari asosida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar ko‘rib chiqildi.
![]() |
![]() |
Shuningdek, mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan suyuqlik sarfi bo‘yicha o‘lchash chegarasi 0,1 dan 45 t/h gacha bo‘lgan yangi qo‘shimcha solishtirish loyihasi e’lon qilinib, 2024 yilda amalga oshirilishi bo‘yicha so‘z yuritildi.

