Filiallar akkreditatsiya doirasi kengaytirildi

Bugungi kunda mahsulot sifati va o‘lchashlar aniqligi ko‘plab ishlab chiqarish jarayonlarida asosiy omillardan biriga aylandi. Bu esa qo‘llanilayotgan o‘lchash vositalarining aniqligi va ishonchliligini kafolatlaydigan kalibrlash ishlarini rivojlantirishga ehtiyoj tug‘diradi. Kalibrlash laboratoriyasi sanoatning turli tarmoqlarida, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarishda, o‘lchashlarning sifati va aniqligini ta’minlashda muhim vazifalarni bajaradi. Geometriya va massa yo‘nalishlarida O‘ZAK.KL.0010 raqamli “Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma”ga […]

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashining navbatdagi 64-yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 14-15-dekabr kunlari Belarussiyada bo‘lib o‘tgan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashining (MGS) navbatdagi 64-yig‘ilishida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI)ning mas’ul xodimlari ham ishtirok etishdi. Yig‘ilish doirasida birgina aniq o‘lchashlarga bog‘liq quyidagi masalalar muhokama qilindi: – MDH ishtirokchi-davlatlari texnik jihatdan tartibga solish, davlatlararo standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, akkreditatsiya, me’yor va qoidalarga rioya etilishi […]

Taklif va mulohazalar muhokama qilindi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Sirdaryo filiali tomonidan investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.​ Bugun mazkur ishlar doirasida filial rahbari G‘anisher Solijonov Xitoyning “Shenxiang Heshan” Xalqaro import va eksport kompaniyasining Osiyo va Yevropa bo‘limi hamda “Xenchjun” korxonasi rahbarlari bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuv davomida filial tomonidan taklif etilgan loyiha bo‘yicha taklif […]

Har bir fuqaro “halollik vaksinasi”ni o‘ziga singdirishi muhim

Bugun O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida onlayn o‘quv-seminar tashkil qilindi. Seminarni Toshkent davlat yuridik universiteti yuridik fanlari doktori Shuhrat Xaydarov ko‘rgazmali ma’lumotlar asosida olib bordi. Huquq vakili ma’ruzasida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradarligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, mavzu doirasidagi qonunchilik talablari haqida to‘xtalib o‘tdi. O‘quv-seminari ta’sirchanligini […]

Ishchi yigʻilish oʻtkazildi

Kuni kecha O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha davlatlararo Kengashning (MGS) Metrologiya boʻyicha ilmiy-texnik komissiyasi (NTKMetr) doirasida videokonferensaloqa shaklida ishchi yigʻilish oʻtkazildi. Ushbu yigʻilishda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (UzNIM), D.I.Mendeleyev nomidagi Butunrossiya metrologiya ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIM) (Rossiya Federasiyasi) va Standartlar byurosi vakillari ishtirok etishdi. Yigʻilishda putur yetkazmasdan tekshirish sohasida xodimlarining […]

Seminar va ko‘rgazmali o‘lchashlar amalga oshirildi

Avval xabar berganimizdek, Italiya milliy metrologiya instituti (INRiM)ning Lazer texnologiyasi va uzunlikni oʻlchash boʻyicha vakili professor Zucco Massimo Oʻzbekistonda bo‘lib turibdi. Kecha Italiyalik xalqaro ekspert ishtirokida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari uchun uzunlik kattaliklarini o‘lchashlar mavzusida ko‘rgazmali seminar tashkil qilindi. Nazariy olib borilgan seminar so‘ngida professor Zucco Massimo tomonidan institutyning “Uzunlik kattaliklarini oʻlchash laboratoriyasi”da ko‘rgazmali […]

Oʻzbekiston va Italiya: Metrologiya sohasidagi hamkorlik

Joriy yilning 17-oktyabr kuni Italiya milliy metrologiya instituti (INRiM)ning Lazer texnologiyasi va uzunlikni oʻlchash boʻyicha vakili professor Zucco Massimo Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti faoliyati va metrologiya sohasidagi soʻnggi yangilanishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida hajm, bosim, uzunlik oʻlchash va boshqa yoʻnalishlar orqali OʻzMMI va INRiM oʻrtasida oʻzaro ilmiy-texnikaviy hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, […]

Kalibrlash xizmatlari ko‘rsatilmoqda

O‘zbekiston milliy metrologiya insituti Navoiy filiali tomonidan viloyatda faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlarda sifatli metrologik xizmatlar amalga oshirib kelinmoqda. Mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini ta’minlashda kalibrlash xizmatlarining o‘rni katta ahamiyat kasb etadi. Filialda 2021-yildan boshlab kalibrlash xizmatlari joriy etilgan bo‘lib, ayni vaqtda sohani yanada kengaytirish, yangi uslubiyatlarni joriy etish va mutaxassislar malakasini oshirish ishlari olib […]

Tarixiy an’anaga ega korxonada metrologik xizmat ko‘rsatildi

Qo‘qon xonligidagi qog‘ozgarlik ustaxonasi Markaziy Osiyoda faoliyat ko‘rsatayotgan birdan-bir fabrika bo‘lgan edi. Darhaqiqat, Qo‘qon qog‘ozi sifati, chidamliligi, nafisligi jihatidan Xitoyniki bilan bemalol bellasha olgan. Shu bois hatto Qashg‘ar, Shimoliy Afg‘oniston va Misrga ham olib borib sotilgan. Bu qog‘ozdan Buxoro amirligi qog‘oz pullar ishlab chiqarishda foydalanganligi ma’lum. Chunki, Qo‘qon qog‘ozidek shaffof va nafis qog‘oz dunyoda bo‘lmagan […]