Aniq vaqt

Ishlab chiqarish integratsiyasi taʼlim va fan bilan uygʻunlashadi

 Bugun Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “Oʻquv va amaliyot” markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Marosimda Agentlik Bosh direktori Akmal Jumanazarov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, , Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turobjonov va manfaatdor idoralar vakillari ishtirok etishdi.

Mazkur markaz standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlashga katta yordam beradi. Markazda tajribali mutaxassislar koʻmagida nazariy bilimlarni amaliy mashgʻulotlar orqali talabalar oʻzlaridan mustahkamlab, malaka va koʻnikmalarini oshiradilar.
Shuningdek, bu yerda standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida mutaxassislar tayyorlanadi.
Tadbir doirasida Agentlikning Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida yaratilgan zamonaviy etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalari bilan taʼminlangan metrologik laboratoriyalar faoliyati bilan tanishilib, u yerdagi mutaxassislar suhbatlashildi.
Endilikda bu yerda innovatsion gʻoyalardan foydalanib, yangi loyihalar ustida ish olib borish mumkin.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil