Joriy yilning 5-6-mart kunlari Yevroosiyo mintaqasi davlat metrologiya muassasalari hamkorligi (KOOMET) “Uzunlik va burchak” 1.5 texnik qo‘mitasining 20 – yig‘ilishi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda Armaniston, Bosnya va Gertsegovina, Belarus, Gruziya, Rossiya, Ozarbayjon, Moldova, Qozogʻiston, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari ishtirok etishdi.
Texnik qo’mita yig’ilishida 2023-2024-yillarda texnik qo’mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar ko’rib chiqildi. Shuningdek, yig’ilishda amaldagi hamda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan xalqaro solishtirishlar muhokama qilinib, O’zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan o’lchash ko’lami 0.5 dan 100 mm gacha bo’lgan yassi parallel uzunlik o’lchash vositalarini solishtirish usuli bilan o’lchash orqali solishtirishlarni amalga oshirish taklifi berildi. Bundan tashqari uzunlik va burchak yo’nalishi bo’yicha laboratoriyalarni baholash uchun xalqaro ekspert jalb qilish masalasi ko’rib chiqilib, taklif texnik qo’mita rahbariyati tomonidan qabul qilindi. Shu bilan birga, 2024-yil rejasiga kalibrlash uslubiyatlarni ishlab chiqish va ularni joriy qilish ustuvor vazifa qilib belgilandi.