Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

O’zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari tomonidan monografiya chop etildi

O’zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari va Toshkent davlat texnika universiteti tayanch doktorontlari tomonidan “Tibbiyot o‘lchash vositalari metrologik tekshiruvi” nomli monografiya chop etildi. Monografiya Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” nashriyoti tomonidan chop etildi.

Monografiyada tibbiyot sohasida o‘lchash vositalari rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari, O’zbekiston Respublikasida tibbiyot metrologiyasini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan islohotlar, respublikada tibbiyot o‘lchash vositalari metrologik tekshiruvi qonuniy asoslari va tashkiliy tuzilmasi, tibbiyot o‘lchash vositalari va ularning metrologik ta’minoti, tibbiyot o‘lchash vositalarini qiyoslash usullari va vositalari bilan bog‘liq tahliliy ma’lumotlar keltirilgan hamda mualliflar tomonidan ushbu sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning tashkiliy-uslubiy, uni tashkil qilish bilan bog‘liq qonuniy asoslari va metrologik ta’minoti bilan bog‘liq natijalari yoritilgan.

Mazkur monografiya ikkita yirik qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismida metrologiya haqida asosiy tushunchalar, tibbiyot o‘lchash vositalari va ularning turlari, tibbiyot metrologiyasida foydalaniladigan namunaviy o‘lchash vositalari, tibbiyot o‘lchash vositalariga qo‘yiladigan me’yoriy talablar va ularni ishlab chiqarishda xavflarni boshqarish menejment tizimi bilan bog‘liq, ikkinchi “Tibbiyot o‘lchash vositalarini qiyoslash usullari va vositalari” qismida esa elektrokardiograflar, elektroensefalograflar, ultratovushli tashxis tizimlari, pulsoksimetrlar, arterial bosim o‘lchagichlar, immunoferment analizatorlar, biokimyoviy analizatorlar, dozimetrlar va bemor monitorlarini qiyoslash usullari va vositalari bilan bog‘liq qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.

Ushbu monografiyadan tibbiyot, metrologiya, tibbiyot muhandisligi sohasida tahsil olayotgan bakalavrlar va magistrlar, doktorant va tadqiqotchilar keng foydalanishi mumkin. Monografiya metrologlar, shifokorlar hamda tibbiyot muhandislari uchun o‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish tartib-qoidalari va zarur shartlarni belgilovchi standartlar talablarini o‘zida mujassamlashtirgan qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Shuningdek, monografiyadan tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, tibbiyot muhandisligi, metrologiya, akkreditatsiya, standartlashtirish sohalarida xodimlar malakasini oshirish institutlarida ham foydalanish mumkin.
Ushbu monografiya institutda amalga oshirilayotgan ilmiy ishlarning kichik bir natijasi sifatida, O’zbekistonda metrologiya faoliyatini 100 yilligi munosabati bilan nashr etildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil