HAMKORLIKKA QO’YILGAN YANGI QADAM

  O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) va 🇷🇺 “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkentdagi filiali (https://tashkent.mephi.uz/) o‘rtasida Anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. Mazkur hujjat ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: Talabalar amaliy mashg‘ulotlari va bitiruvchilarni ishga joylashtirishda ko‘maklashish O‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish Ilmiy loyihalarni birgalikda ishlab chiqish […]

COOMET Qoʻmitasi yigʻilishlari ilk marotaba O‘zbekiston raisligida oʻtkazildi

2025 yil 29–30 may kunlari Armaniston Resp ublikasining Yerevan shahrida Yevro-Osiyo davlat metrologiya muassasalari hamkorlik tashkiloti (COOMET) (https://www.coomet.net/)ning Etalonlar bo‘yicha Qo‘shma qo‘mitasi (TQ 1)ning 28-yig‘ilishi hamda COOMET qo‘mitasining 37-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim xalqaro tadbirlarda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) xodimlari faol ishtirok etdilar. Tadbirda 15 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etishdi. Yig‘ilishlar kun tartibida […]

Yangi etalonlar joriy etilmoqda

  Metrologiya sohasini yanada rivojlantirish, o‘lchashlarning aniqligi va ishonchliligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/)etalonlar bazasini rivojlantirish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, institut tarkibida yangi tashkil etilgan Kimyo laboratoriyasida Slovakiya metrologiya instituti (SMU) (https://www.smu.sk/104-sk/slovak-metrology-institute/)mutaxassislari bilan hamkorlikda zamonaviy yuqori aniqlikdagi suvli eritmalardagi vodorod ionlari faolligining pH […]

Bayram shukuhi davom etmoqda

Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan O‘zMMI Olmaliq, Chirchiq va Bekobod filiallari hamkorligida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Olmaliq filiali bo‘limi boshlig‘i A. Abdulazizov ochib berdi va mehmonlar bilan tanishtirdi. Unda filiallarning joriy yil uchun belgilangan vazifalarni bajarishdagi yutuqlari ta’kidlandi. Jumladan, yilning dastlabki to‘rt oyida 7 ta yo‘nalishda 5 ta o‘lchash vositasi qiyoslanib, metrologik attestatlash ishlari amalga […]

Aniqlik – sog‘liq kafolati!

Tibbiyotda har bir o‘lchov muhim. Shu bois, klinikalardagi tibbiy asbob-uskunalar har yili metrologiya tekshiruvdan o‘tkaziladi. Jurnalist va blogerlar uchun O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Samarqand filiali tashabbusi bilan press-tur tashkil etildi. Unda hududda joylashgan Istanbul EKU Markazi klinikasi faoliyati va undagi asboblarning qanday tekshirilishi yaqindan o‘rganildi. Media-tur orqali jurnalistlar nafaqat tekshiruv jarayonini kuzatishdi, balki inson hayoti […]

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari xalqaro seminarda

  Joriy yilning 20-22 may kunlari Afina shahrida (Gretsiya) EURAMET 22NRM07 GuideRadPROS loyihasi doirasida tashkil etilgan himoya dozimetriyasi sohasida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminarda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) xodimlarining istiroki O‘zbekiston Respublikasi milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi doirasida Germaniya fizika-texnika institutining (PTB) (https://www.ptb.de/cms/en.html) qoʻllab quvvatlashi asosida ta’minlandi. Seminarda ISO 4037 xalqaro standartiga muvofiq […]

Butunjahon metrologiya kuniga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda

  Ayni damda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan Butunjahon metrologiya kuniga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Agentlik rahbariyati, milliy va xalqaro metrologiya tashkilotlari vakillari, olimlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etmoqda. 2025 yilda ushbu kun “O‘lchashlar – barcha zamonlar, barcha xalqlar uchun!” shiori ostida nishonlanmoqda. Bu yilgi […]

Andijon davlat texnika institutida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya bo‘lib o‘tdi

✅ Mazkur konferensiya “20-may – Butunjahon metrologiya kuni”ga bag‘ishlanib, Andijon davlat texnika instituti,  O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti,  Qozog‘iston Texnologiya universiteti,  Turkiyaning Karabük universiteti hamda  Tojikiston Xo‘jand politexnika instituti  hamkorligida tashkil etildi. ✅ Anjumanda oliy ta’lim muassasalari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda hamkor ishlab chiqarish korxonalari vakillari faol ishtirok etdi. Ular o‘z ma’ruzalari orqali […]

Huquqiy savodxonlik va hujjat ishlarini yuritish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi

🔵 O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan tashkilot tizimidagi Filiallar tomonidan rasmiylashtirilayotgan hujjatlarni amaldagi qonunchilik talablariga mos ravishda yuritilishini ta’minlash, belgilangan huquqiy tartib-taomillarga rioya etilishini kuchaytirish maqsadida o‘quv-uslubiy seminar tashkil etildi. 🔴 Seminar davomida yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksi, sohaviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar, hujjatlar aylanmasi, ish yuritish madaniyati va kadrlar hujjatlarini rasmiylashtirishdagi zamonaviy yondashuvlar batafsil […]

Metrologiya sohasida davlatlararo hamkorlik: O‘zbekiston tashabbuslari e’tirof etildi

✅ Joriy yilning 19–21 may kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida “Chegarasiz metrologiya” mavzusida xalqaro metrologiya forumi va ko‘rgazmasi doirasida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash (MGS)ning Metrologiya bo‘yicha ilmiy-texnika komissiyasi (NTKMetr)ning 61-yig‘ilishi hamda metrologiya sohasida asosiy hisoblangan hujjatlar bo‘yicha ishchi guruh (RG ODM NTKMetr)ning 26-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. ✅ Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga […]