Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

HAMKORLIKKA QO’YILGAN YANGI QADAM

 

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) va 🇷🇺 “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkentdagi filiali (https://tashkent.mephi.uz/) o‘rtasida Anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

Mazkur hujjat ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

Talabalar amaliy mashg‘ulotlari va bitiruvchilarni ishga joylashtirishda ko‘maklashish
O‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish
Ilmiy loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish
Seminar, trening va uchrashuvlar o‘tkazish
Malakali mutaxassislarni ma’ruza va tajriba almashish uchun jalb qilish
Ilmiy va o‘quv-uslubiy materiallar almashinuvi
Ilmiy-amaliy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlik

Memorandum ikki tomonning o‘zaro ishonch va ehtiyojlariga asoslangan holda amalga oshiriladi hamda muayyan loyihalar doirasida qo‘shimcha kelishuv va shartnomalarni ko‘zda tutadi.