![]() |
🔵 O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan tashkilot tizimidagi Filiallar tomonidan rasmiylashtirilayotgan hujjatlarni amaldagi qonunchilik talablariga mos ravishda yuritilishini ta’minlash, belgilangan huquqiy tartib-taomillarga rioya etilishini kuchaytirish maqsadida o‘quv-uslubiy seminar tashkil etildi.
🔴 Seminar davomida yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksi, sohaviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar, hujjatlar aylanmasi, ish yuritish madaniyati va kadrlar hujjatlarini rasmiylashtirishdagi zamonaviy yondashuvlar batafsil muhokama qilindi.
![]() |
![]() |
🟢 Qatnashchilar hujjatlar bilan ishlashda amaliy tajriba, standart shakl va qonunbuzilish holatlarini oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar bilan tanishdilar.
🟡 Tadbirning maqsadi – tashkilot xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy xatarlarni bartaraf etish va me’yoriy talablarga muvofiq faoliyat yuritishni ta’minlashdan iborat.
⚫️ Bunday seminarlar tizimli ravishda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u faoliyat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.


