Aniq vaqt

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari xalqaro seminarda

 

Joriy yilning 20-22 may kunlari Afina shahrida (Gretsiya) EURAMET 22NRM07 GuideRadPROS loyihasi doirasida tashkil etilgan himoya dozimetriyasi sohasida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminarda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) xodimlarining istiroki O‘zbekiston Respublikasi milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi doirasida Germaniya fizika-texnika institutining (PTB) (https://www.ptb.de/cms/en.html) qoʻllab quvvatlashi asosida ta’minlandi.

Seminarda ISO 4037 xalqaro standartiga muvofiq himoya dozimetriyasi sohasidagi o‘lchash va kalibrlash faoliyati hamda xalqaro tavsiyalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ushbu xalqaro standartning amaliyotda qoʻllash asosida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, ISO 4037 va ICRU 95 seriyali standartlarni joriy etish bo‘yicha xalqaro ekspertlarning radiatsiyaviy metrologiyaning mavzuga doir ma’ruzalari tinglandi va amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil