🇪🇺. Yevropada «O‘n uchinchi Yevropa vaqt va chastota» seminari bo‘lib o‘tdi.

🇫🇷. Franiyada FEMTO-ST instituti tomonidan tashkil etilgan “The 13th European Frequency and Time Seminar”da O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) (http://nim.uz/) xodimlari ishtirok etdi. 🕓 Seminarda Atom vaqtining aniqligi, barqarorligi va uzatilishi muhokama qilindi. Ushbu ishtirok Germaniyaning PTB instituti ko‘magida, “Sifat infratuzilmasini isloh qilishni qo‘llab-quvvatlash” loyiha doirasida amalga oshirildi. 🔬 Seminar davomida: 🔄Atom soatlari va chastota […]

🔔 “SANOAT 4.0 TEXNOLOGIYASIGA METROLOGIYANING QO‘SHGAN HISSASI” – IJODIY VA ILMIY-AMALIY ISHLAR TANLOVI!

📢 Diqqat, ilm-fan va texnologiyaga qiziquvchilar! O‘zbekiston milliy metrologiya instituti navbatdagi “Sanoat 4.0 texnologiyasiga metrologiyaning qo‘shgan hissasi” nomli ilmiy tanlovni e’lon qiladi! ❕ Tanlov maqsadi: 🔵Metrologiyaning raqamli transformatsiyadagi rolini yoritish 🔵»Sanoat 4.0″ konsepsiyasi doirasida metrologik yechimlarni tadbiq qilish imkonyatlarini aniqlash 🔵Ilmiy va amaliy ishlanmalarning ommalashuviga hissa qo‘shish 🔵Yosh tadqiqiotchilar, mutaxassislar va ijodkorlarni qo’llab – quvvatlash […]

«Eng samarali ixtiro» tanlovi

  O‘zbekiston milliy metrologiya instituti metrologlar o‘rtasida ilmiy-texnik innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Eng samarali ixtiro» tanlovini o‘tkazadi. 📌 Kimlar ishtirok eta oladi? Metrologiya instituti xodimlari OTM o‘qituvchilari va talabalari Ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislari Korxonalardagi metrologlar va mustaqil tadqiqotchilar 📌 Qanday ishlar qabul qilinadi? O‘lchash vositalarini yangilovchi yoki avtomatlashtiruvchi ixtirolar Raqamli va “aqlli” metrologik yechimlar Amaliyotga joriy etilishi […]

Ilk bor xalqaro texnik ekspert sifatida ishtirok etildi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) (https://nim.uz/)hamda Qirg‘iziston Akkreditatsiya markazi (KCA) (https://kca.gov.kg/) o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida muhim xalqaro tashabbus muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Unga ko‘ra, O‘zMMI mutaxassislari ilk marotaba xorijiy texnik ekspertlar sifatida Bishkek shahridagi Sinov, sertifikatlashtirish va metrologiya markazining Elektr va radiotexnik o‘lchashlar laboratoriyasida o‘tkazilgan inspeksiya baholash jarayonida ishtirok etdilar. Baholash jarayoni “ISO 17020: Muvofiqlikni […]

Yoshlar kuniga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtmoqda

✅ Ayni damda Yoshlar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. Jumanazarov boshchiligida Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida tantanali davra suhbati boʻlib oʻtmoqda. ✅ Tadbirda Agentlik va Institut rahbariyati, soha mutaxassislari, yosh xodimlari ishtirok etmoqda. ✅ Davra suhbati doirasida quyidagi yoʻnalishlar muhokama qilinmoqda: 🔹 Yoshlarga ilmiy-amaliy imkoniyatlarni yaratish va soha salohiyatini oshirishda […]

«Rahbar kubogi – 2025» musobaqasi boshlandi!

  Bugun, 2025-yil 25-iyun sanasidan boshlab, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida jamoaviy sportning voleybol turi bo‘yicha «Rahbar kubogi» musobaqasiga rasmiy start berildi. Mazkur sport musobaqasi 25–27-iyun kunlari davom etadi va soha xodimlarining jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylik va do‘stlik ruhini mustahkamlashga xizmat […]

O‘zbekiston – xalqaro metrologik hamkorlik sari qat’iy qadam

  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Xalqaro metrik Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan ma’qullandi va Senatga yuborildi. (https://t.me/qonunchilikpalatasi/29087) Parijda 1875-yil imzolangan ushbu Konvensiya bugungi kunga kelib 64 davlat tomonidan imzolangan bo‘lib, 37 mamlakat, jumladan O‘zbekiston ham uyushgan a’zo sifatida ishtirok etmoqda. Konvensiyaga to‘liq qo‘shilish […]

Suyuqliklardagi anionlarini aniqlash (pX) texnologiyasi

  O’zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) kimyoni o’lchash laboratoriyasida Slovakiya metrologiya instituti (SMU) (https://www.smu.sk/en/) bilan hamkorlikda yangi va innovatsion texnologiya — suyuqliklardagi anionlar konsentratsiyasini aniqlashda pX birligi etaloni (ion xromatografi) ishga tushirilmoqda. Bu loyiha, ishlab chiqilayotgan texnologiyaning yuqori aniqligi va ishonchliligi bilan ajralib turadi. Ushbu uskuna va dasturiy ta’minot yordamida kimyoviy tahlil jarayonlari ancha soddalashtiriladi […]

Xalqaro e’tirof!

  Endilikda kalibrlash va o‘lchov bo‘yicha berilayotgan guvohnomalarda CIPM MRA (https://www.bipm.org/en/cipm-mra/) logotipi qo‘llaniladi. Bu logotip — o‘lchash natijalarining xalqaro darajada o‘zaro tan olinishini bildiradi. CIPM MRA logotipi bu: Sertifikatlarning ishonchliligi va e’tirofini kafolatlaydi Faqat BIPM (https://www.bipm.org/en/-/2025-04-25-bipm-director-video-message-for-150th-anniversary-of-the-metre-convention-1) tomonidan ruxsat etilgan institutlargagina tegishli Ushbu huquq CIPM MRA doirasidagi anglashuv asosida, KCDB (https://www.bipm.org/kcdb/) bazasida e’lon qilingan CMC qatorlarga […]

O‘zMMI mutaxassisi nufuzli xalqaro dastur g‘olibi bo‘ldi

  O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) Xorazm filiali mutaxassisi xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan “BIPM – TÜBİTAK UME Project Placements” dasturining 8-sikli hamda BIPM Capacity Building and Knowledge Transfer Programme (CBKT) dasturi g‘olibi deb topildi. Mazkur dastur Turkiyaning TÜBİTAK UME (https://www.ume.tubitak.gov.tr/) instituti va Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM) (https://www.bipm.org/en/) tomonidan hamkorlikda tashkil etiladi. Dastur […]