Aniq vaqt

O‘zMMI mutaxassisi nufuzli xalqaro dastur g‘olibi bo‘ldi

 

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) Xorazm filiali mutaxassisi xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan “BIPM – TÜBİTAK UME Project Placements” dasturining 8-sikli hamda BIPM Capacity Building and Knowledge Transfer Programme (CBKT) dasturi g‘olibi deb topildi.

Mazkur dastur Turkiyaning TÜBİTAK UME (https://www.ume.tubitak.gov.tr/) instituti va Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM) (https://www.bipm.org/en/) tomonidan hamkorlikda tashkil etiladi.

Dastur doirasida mutaxassis 2025-yilning sentyabr–dekabr oylarida Istanbul shahrida joylashgan TÜBİTAK UME institutida “Meditsina metrologiyasi” yo‘nalishida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ushbu ishtirok nafaqat sohaga doir nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishga, balki kelgusida ushbu yo‘nalishni mamlakatimizda joriy etishga, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eng muhim jihati shundaki, dastur doirasida barcha xarajatlar to‘liq qoplanadi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil