Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

«Eng samarali ixtiro» tanlovi

 

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti metrologlar o‘rtasida ilmiy-texnik innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Eng samarali ixtiro» tanlovini o‘tkazadi.

📌 Kimlar ishtirok eta oladi?

Metrologiya instituti xodimlari

OTM o‘qituvchilari va talabalari

Ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislari

Korxonalardagi metrologlar va mustaqil tadqiqotchilar

📌 Qanday ishlar qabul qilinadi?

O‘lchash vositalarini yangilovchi yoki avtomatlashtiruvchi ixtirolar

Raqamli va “aqlli” metrologik yechimlar

Amaliyotga joriy etilishi mumkin bo‘lgan, innovatsion va samarali ishlanmalar

📌 Baholash mezonlari:
Innovatsionlik, amaliy ahamiyat, iqtisodiy foyda, ekologik xavfsizlik, patentlanganlik, texnik mukammallik va tijorat imkoniyati.
“Eng samarali ixtiro” tanlovi baholash mezonlari bilan ushbu havola orqali tanishing: https://nim.uz/wp-content/uploads/2025/07/MEZON.pdf

🗓 Arizalar qabul qilish muddati: 7 avgust 2025 yilgacha

🏆 G‘oliblar diplom, qimmatbaho sovg‘alar, ilmiy nashrlar va xorijiy stajirovka imkoniyati bilan taqdirlanadi

📨 Murojaat uchun:
Timur Yusupov
📞 Tel: (71) 202-00-11 (ichki raqam: 1234)
📧 Email: 29-bolim@nim.uz