Aniq vaqt

Yoshlar kuniga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtmoqda

✅ Ayni damda Yoshlar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. Jumanazarov boshchiligida Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida tantanali davra suhbati boʻlib oʻtmoqda.

✅ Tadbirda Agentlik va Institut rahbariyati, soha mutaxassislari, yosh xodimlari ishtirok etmoqda.

✅ Davra suhbati doirasida quyidagi yoʻnalishlar muhokama qilinmoqda:

🔹 Yoshlarga ilmiy-amaliy imkoniyatlarni yaratish va soha salohiyatini oshirishda ularning oʻrni;
🔹 Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarda yosh kadrlarning ishtiroki.

✅ Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. Jumanazarov yoshlar kunidagi tabrigida, yoshlar — millatning kelajagi, taraqqiyot va yangilanish poydevori ekanini, ularning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi ishtiroki esa yurt ravnaqi uchun muhim kafolat ekanini taʼkidladi.

✅ Tadbir doirasida mehmonlar uchun metrologiya laboratoriyalariga ekskursiya, yoshlar uchun videorolik namoyishi va “Kitoblar yarmarkasi” tashkil etilmoqda. Shuningdek, Yoshlar kuni munosabati bilan institutning bir guruh faol yosh mutaxassislari tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanmoqda.

✅ Tadbirning ilmiy qismlarida U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti bosh ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori Umidjon Xalilov oʻz maʼruzasida mamlakatimizda ilmiy salohiyatli yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, murakkab jarayonlarni kompyuterda modellashtirish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va innovatsion yondashuvlar haqida atroflicha maʼlumot berdi.

✅ Shuningdek, u olib borilayotgan ishlar, tashkil etilayotgan yangi ilmiy maktab va ilm-fanni rivojlantirishda institutlar oʻrtasidagi samarali hamkorlikning ahamiyati haqida ham toʻxtalib oʻtdi. Ushbu hamkorlik orqali yosh olimlar uchun yangi loyihalarda ishtirok etish, tajriba almashish va ilmiy salohiyatni oshirish imkoniyatlari yaratilayotgani alohida taʼkidlandi.

✅ Tadbir davra suhbati va savol-javoblar bilan davom etmoqda.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil