Aniq vaqt

Suyuqliklardagi anionlarini aniqlash (pX) texnologiyasi

 

O’zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) kimyoni o’lchash laboratoriyasida Slovakiya metrologiya instituti (SMU) (https://www.smu.sk/en/) bilan hamkorlikda yangi va innovatsion texnologiya — suyuqliklardagi anionlar konsentratsiyasini aniqlashda pX birligi etaloni (ion xromatografi) ishga tushirilmoqda.

Bu loyiha, ishlab chiqilayotgan texnologiyaning yuqori aniqligi va ishonchliligi bilan ajralib turadi. Ushbu uskuna va dasturiy ta’minot yordamida kimyoviy tahlil jarayonlari ancha soddalashtiriladi va samaradorligi oshiriladi.

Suyuqliklarda mavjud bo’lgan anionlar, ayniqsa, nitrat, sulfat, xlorid, fosfat va boshqa muhim komponentlar yuqori aniqlik bilan o‘lchanadi. Bu esa ekologiya, sog‘liqni saqlash va sanoat sohalarida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, xalqaro solishtirish loyihalarida ishtirok etish imkoni yaratiladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil