Tibbiy diagnostik uskunalarning metrologik holati joyida tekshirildi

O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti Davlat muassasasi Qo‘qon filiali tomonidan “VODIY ASL SHIFO 777” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bo‘lgan tibbiy diagnostika uskunalari korxona murojaatiga asosan joriy yilning 15-aprel kuni joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida uskunalarning metrologik holati, ishlash aniqligi hamda amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va belgilangan standartlarga muvofiqligi har tomonlama tekshirildi. Xususan, ultra tovushli tashxis (UTT) apparati […]

O‘zbekiston мilliy metrologiya instituti vakillari EURAMET TCAUV texnik qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi

Joriy yilning 14–16 aprel kunlari Polsha Respublikasining Varshava shahrida Polsha Milliy metrologiya instituti (GUM)da Metologiya institutlarining Yevropa assotsiatsiyasi (EURAMET)ning Akkustika, ultratovush va tebranishlar bo‘yicha texnik qo‘mitasi (TCAUV)ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) vakillari faol ishtirok etib, sohadagi dolzarb masalalar muhokamasida qatnashdilar. Yig‘ilish davomida Xalqaro o‘lchov va tarozilar […]

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti vakili AEXA loyihasi doirasidagi xalqaro yig‘ilishda ishtirok etdi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassisi Azamat Taubaldiyev Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentligi (AEXA)ning texnik hamkorlik loyihasi — RER6046 “Yevropa va Markaziy Osiyoda ionlashtiruvchi nurlanish metrologiyasini mustahkamlash” doirasida tashkil etilgan birinchi mintaqaviy muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishda ishtirok etdi. Vena shahrida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda ishtirokchi davlatlarning ikkilamchi etalonlar dozimetriya laboratoriyalari (SSDL), tegishli tashkilotlar vakillari hamda AEXA mutaxassislari qatnashdi. […]

Tarixiy burilish: 13-aprel — O‘zbekiston metrologiyasi uchun muhim sana

2025 yil 27 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Xalqaro metrik Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonun imzolangan edi. Mazkur hujjat O‘zbekistonning xalqaro metrologiya tizimiga integratsiyalashuvida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. Ushbu qadam orqali mamlakatimiz 1875 yilda tashkil etilgan nufuzli Xalqaro metrik Konvensiyaning to‘laqonli ishtirokchisiga aylanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 2026 yil 13 aprel kuni esa […]

Mustaqil izlanuvchilik (PhD, DSc)ga hujjatlar qabuli boshlandi

🎓 2026-yil 15-apreldan boshlab O‘zbekiston milliy metrologiya instituti huzurida (http://nim.uz/) 05.03.02 – Metrologiya va metrologiya ta’minoti ixtisosligi bo‘yicha PhD hamda DSc ilmiy darajalarini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayoni boshlandi. 📆 Hujjat topshirish muddati: ⏳ 2026-yil 15-apreldan 15-mayga qadar 🌎 Yagona elektron tizim orqali: http://daraja.ilmiy.uz 📝 Talab qilinadigan hujjatlar: ⚫️Oliy ta’lim (magistratura yoki klinik ordinatura) […]

Hududiy elektr tarmoqlari xodimlari O’zbekiston milliy metrologiya institutiga tashrif buyurdi

Hududiy elektr tarmoqlari AJ mas’ul xodimlari O‘zbekiston мilliy metrologiya institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ular institutdagi zamonaviy laboratoriyalar faoliyati, o‘lchov aniqligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Uchrashuv davomida kelgusidagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi. Tomonlar qiyoslash uskunalari hamda boshqa zarur texnik vositalarni elektr tarmoqlari tizimidagi tashkilotlarga yetkazib berish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishdi.

“Kiberjinoyatlarga qarshi kurash — bugungi kunning dolzarb masalasi”

Hozirgi rivojlanish, axborot texnologiyalari asrida hayotimizning deyarli barcha jabhalarida kompyuterlar va raqamlashtirilgan turli xil texnik vositalardan keng foydalanilmoqda. Mazkur sohaning jadal rivojlanishi bilan bir qatorda, undan g‘arazli maqsadlarda foydalanuvchilar soni ham ortib bormoqda. Shu munosabat bilan “Kiberjinoyatlarga qanchalik tayyorsiz?” mavzusida “O‘zMMI” DM Navoiy filialida davra suhbati tashkil etildi. Unda Navoiy viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish […]

Harbiy sohada metrologik ta’minotni takomillashtirishga bag‘ishlangan o‘quv-uslubiy tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda metrologiya sohasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi qo‘shilma, harbiy qism va muassasalarning metrologiya xizmati boshliqlari ishtirok etdilar. Harbiy sohada metrologik ta’minotni yanada takomillashtirish, o‘lchash vositalarining aniqligi va ishonchliligini ta’minlash, shuningdek, zamonaviy yondashuv va texnologiyalarni joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, […]

Qozog‘iston oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik muhokama qilindi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va Olmaota texnologik universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Olmaota texnologik universitetining metrologiya kafedrasi mudiri hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Tomonlar o‘zaro tajriba almashish, ilmiy-tadqiqot ishlari va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuv davomida qozog‘istonlik mutaxassislarga O‘zbekistonda metrologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy yondashuvlar […]

Turkiya Respublikasining Gebze shahrida metrologiya sohasidagi muhim xalqaro tadbirlardan biri — KOOMET Prezidenti Kengashining 43-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilish Turkiya Ilmiy-texnik tadqiqotlar kengashi мilliy metrologiya instituti (TÜBİTAK UME) direktori doktor Mustafo Chetintashning taklifiga asosan tashkil etildi. Unda metrologiya sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda istiqboldagi strategik yo‘nalishlarni belgilash masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda O‘zbekiston мilliy metrologiya instituti direktori, KOOMET prezidenti Lazizbek Saidoripov ishtirok etdi hamda yig‘ilishga raislik qildi. Tadbir doirasida […]