Fransiyada Tarozi va o‘lchovlar Bosh konferensiyasining (CGPM) navbatdagi 28-yig‘ilishi oldidan ochiq muhokama bo‘lib o‘tdi

2026-yil 12-oktabr kuni Fransiya Respublikasining Sevr shahrida joylashgan Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi (BIPM) bosh qarorgohida CGPMning navbatdagi 28-yig‘ilishi oldidan ochiq muhokama tashkil etildi. Mazkur muhokamada Metr konvensiyasiga a’zo davlatlar hamda Xalqaro tarozi va o‘lchovlar qo‘mitasi (CIPM) vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida CGPMning navbatdagi 28-yig‘ilishi bilan bog‘liq tashkiliy va protsessual masalalar, CIPM hamda uning Saylov […]

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Tibbiy radiatsion dozimetriyada standartlar, qo‘llanilishi va sifatni ta’minlash bo‘yicha xalqaro simpoziumda (IDOS 2026) ishtirok etdi.

O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti mutaxassisi Azamat Taubaldiev Tibbiy radiatsion dozimetriyada standartlar, qo‘llanilishi va sifatni ta’minlash bo‘yicha xalqaro simpoziumda (IDOS 2026) ishtirok etdi. Simpozium 2026-yil 5–9-oktabr kunlari Avstriyaning Vena shahrida bo‘lib o‘tdi va radiatsion dozimetriya sohasidagi jahon hamjamiyatining ekspertlari va mutaxassislarini birlashtirdi. Simpoziumning asosiy maqsadi ionlashtiruvchi nurlanishning tibbiyotda qo‘llanilishi, radiatsiyadan himoyalanish va tegishli standartlar bo‘yicha radiatsion […]

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti vakili SMIIC Metrologiya kengashining 18-yig‘ilishida ishtirok etdi

2026-yil 5–6-oktabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida Islom mamlakatlari standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) Metrologiya kengashining 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti vakili SMIIC Metrologiya kengashi doirasidagi TFG2 — “Innovatsiyalar va ilmiy loyihalar” ishchi guruhi koordinatori sifatida ishtirok etdi. Yig‘ilishda SMIIC Metrologiya kengashining ishchi guruhlar faoliyati, metrologiya sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish […]

Navbatdagi CMC-qatorlar chop etildi

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Vaqt va chastota sohasidagi navbatdagi 3 ta o‘lchash va kalibrlash imkoniyatlari (СМС-qatorlar) ro‘yxatga olindi. O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI)ning Radiotexnik kattaliklar, ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash va putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi Vaqt va chastota laboratoriyasining (TF jamoasi) navbatdagi 3 ta kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari (СМС-qatorlar) Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosining (BIPM) Asosiy solishtirishlar […]

Yozgi maktab doirasida laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazildi

BIPM–COOMET UTC Summer School doirasida O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti (UzNIM)da yozgi maktab ishtirokchilari uchun laboratoriya mashg‘ulotlari tashkil etildi. Yozgi maktabda ishtirok etgan mutaxassislar O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining tegishli laboratoriyalarida amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, zamonaviy o‘lchash vositalari, laboratoriya jihozlari hamda metrologik jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, ishtirokchilar GNSS qabul qilgichlarini kalibrlash, o‘lchash jarayonlarini amaliy o‘rganish, shuningdek, […]

O‘zbekiston Respublikasida juma kuni milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni keng targ‘ib etish maqsadida milliy kun sifatida e’lon qilinganligi munosabati bilan ushbu kunni munosib ravishda nishonlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda uning hududiy filiallari xodimlari har juma kunini milliylik ruhida o‘tkazishga alohida e’tibor qaratadilar. Xodimlar tomonidan milliy an’analarga hurmat ruhini kuchaytirish, milliy liboslarni targ‘ib qilish, xalqimizning boy madaniy merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazishga qaratilgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. Mazkur tashabbus jamoada milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik tuyg‘ularini […]

Kitob — kasbiy mahorat va ma’naviy kamolot manbai

O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti va uning hududiy filiallarida xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bilan bir qatorda, ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Institut va hududiy filiallarda “Kitob o‘qish soati” tadbirlari muntazam tashkil etilib, jamoa a’zolari badiiy, ilmiy hamda metrologiya sohasiga oid adabiyotlarni mutolaa qilmoqdalar. Ushbu jarayonlarda xodimlar nafaqat kitob […]

BIPM–COOMET UTC SUMMER SCHOOL ishtirokchilari O‘zbekiston milliy metrologiya institutining zamonaviy laboratoriyalari bilan tanishdilar.

Tashrif davomida mehmonlar institutning zamonaviy laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, mamlakatimizda metrologiya sohasini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ilmiy va amaliy ishlar haqida batafsil ma’lumot oldilar. LABTUR doirasida ishtirokchilar fizik kattaliklar, elektr va radiotexnik o‘lchashlar, kimyoviy tahlillar, bosim, harorat, massa, uzunlik hamda boshqa o‘lchash turlari bo‘yicha faoliyat yurituvchi laboratoriyalar imkoniyatlari bilan tanishdilar. Mutaxassislar laboratoriyalarda qo‘llanilayotgan zamonaviy […]

Ustoz va shogird: yillar oshsa-da uzilmaydigan rishta

Bugun O‘zbekiston milliy metrologiya institutida 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozlarga bo‘lgan yuksak ehtirom va minnatdorlik ifodasiga aylangan samimiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Metrologiya sohasida bugun o‘z bilimi, salohiyati va mehnati bilan munosib natijalarga erishayotgan, xalqaro maydonda O‘zbekiston nomini munosib tarzda namoyon etayotgan ko‘plab yosh mutaxassislarning ortida, avvalo, ustozning mashaqqatli mehnati, sabri […]

Ta’lim rivojiga hissa qo‘shgan fidoyilar, ustoz va murabbiylar mehnati e’tirof etildi

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oliy va kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fan taraqqiyoti hamda yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari, oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilari “Oliy ta’lim a’lochisi” va “Kasbiy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan tantanali ravishda taqdirlandi. […]