Aniq vaqt

Kitob — kasbiy mahorat va ma’naviy kamolot manbai

O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti va uning hududiy filiallarida xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bilan bir qatorda, ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Institut va hududiy filiallarda “Kitob o‘qish soati” tadbirlari muntazam tashkil etilib, jamoa a’zolari badiiy, ilmiy hamda metrologiya sohasiga oid adabiyotlarni mutolaa qilmoqdalar.

Ushbu jarayonlarda xodimlar nafaqat kitob o‘qib, bilim va taassurotlarini boyitmoqda, balki o‘qilgan asarlar yuzasidan o‘zaro fikr almashib, yangi g‘oya va qarashlar bilan o‘rtoqlashmoqdalar.

Kitob — bilim manbai, tafakkur tayanchi va ma’naviy kamolot vositasi. Institut va uning hududiy filiallari xodimlarining kitob mutolaasi jarayoni aks etgan ushbu lavhalar jamoada kitobxonlik muhitini shakllantirishga bo‘lgan e’tiborning yorqin ifodasidir.

Zero, bilimga intilgan, mutolaaga oshno inson — o‘z kasbida ham, hayotida ham doimo izlanishda bo‘ladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil