Tailand milliy metrologiya instituti eksperti O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining Vaqt va chastota laboratoriyasida mutaxassislar uchun amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Germaniyaning Federal Physical-Technical Institute (PTB) o‘rtasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun milliy sifat infratuzilmasini isloh qilish va xizmatlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida navbatdagi o‘quv treningi tashkil etildi. Mazkur trening vaqt va chastota yo‘nalishiga bag‘ishlandi. Trening jarayonida Tailand milliy metrologiya instituti eksperti O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining Vaqt va […]
O‘zbekiston Milliy Metrologiya instituti hamda Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi (TİKA) o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

TİKAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ajar Esin xonim bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy yo‘nalishlarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Jumladan, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida iste’molchilar murojaatlari asosida o‘lchash vositalarini joyida o‘rganish va nazorat qilish jarayonlarini mobil tarzda tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi. Uchrashuv davomida Ajar Esin xonim […]
Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ma’lumot uchun — O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi oxirgi ikki yilda 1 milliard dollardan oshib bormoqda, AQSH O‘zbekistonning 13-eng yirik tashqi savdo hamkori hisoblanadi. O‘zbekiston bozorida 340 ga yaqin AQSH kompaniyasi […]
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari Elektr ва magnit kattaliklari yo‘nalishida Tailandda malaka oshirmoqdalar

O‘zbekistonda texnik jihatdan tartibga solish va sifat infratuzilmasini takomillashtirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Germaniyaning Federal fizika-texnika instituti (PTB) o‘rtasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun milliy sifat infratuzilmasini isloh qilish va xizmatlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida navbatdagi o‘quv treninglari tashkil etildi. Mazkur loyiha milliy iqtisodiyot tarmoqlarida o‘lchashlar […]
STQ 25 “Metrologiya” texnik qo‘mitasi: xalqaro uyg‘unlashtirish va yangi standartlar sari muhim qadam

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti huzuridagi STQ 25 “Metrologiya” standartlashtirish texnik qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, 2026 yil uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi. Qo‘mita tarkibi 17 nafar a’zodan iborat bo‘lib, ular Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti, Standartlar instituti hamda sohaviy laboratoriyalar vakillaridan tashkil topgan. […]