Aniq vaqt

O‘zbekiston Respublikasida juma kuni milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni keng targ‘ib etish maqsadida milliy kun sifatida e’lon qilinganligi munosabati bilan ushbu kunni munosib ravishda nishonlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda uning hududiy filiallari xodimlari har juma kunini milliylik ruhida o‘tkazishga alohida e’tibor qaratadilar. Xodimlar tomonidan milliy an’analarga hurmat ruhini kuchaytirish, milliy liboslarni targ‘ib qilish, xalqimizning boy madaniy merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazishga qaratilgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi.

Mazkur tashabbus jamoada milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, xalqimizning boy tarixi va madaniyatiga bo‘lgan ehtiromni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil