Aniq vaqt

BIPM–COOMET UTC SUMMER SCHOOL ishtirokchilari O‘zbekiston milliy metrologiya institutining zamonaviy laboratoriyalari bilan tanishdilar.

Tashrif davomida mehmonlar institutning zamonaviy laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, mamlakatimizda metrologiya sohasini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ilmiy va amaliy ishlar haqida batafsil ma’lumot oldilar.

LABTUR doirasida ishtirokchilar fizik kattaliklar, elektr va radiotexnik o‘lchashlar, kimyoviy tahlillar, bosim, harorat, massa, uzunlik hamda boshqa o‘lchash turlari bo‘yicha faoliyat yurituvchi laboratoriyalar imkoniyatlari bilan tanishdilar. Mutaxassislar laboratoriyalarda qo‘llanilayotgan zamonaviy yuqori aniqlikdagi etalon uskunalar, kalibrlash va qiyoslash jarayonlari, xalqaro talablar asosida amalga oshirilayotgan metrologik xizmatlar haqida taqdimot o‘tkazdilar.

Shuningdek, mehmonlarga standartlashtirish, metrologik ta’minot, sinov va kalibrlash ishlarini tashkil etish, o‘lchashlar birliligini ta’minlash hamda sifat infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil