O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan ishlab chiqilgan ГОСТ ISO 9712—2026 “Контроль неразрушающий. Квалификация и сертификация персонала в области неразрушающего контроля” (o‘zb: Putur yetkazmasdan tekshirish. Putur yetkazmasdan tekshirish sohasidagi xodimlarning malakasini baholash va sertifikatlashtirish) davlatlararo standarti Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Yevroosiyo kengashi tomonidan Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AIS MGS) orqali o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra qabul qilindi (Qaror Kengashning 193-P-sonli bayonnomasi bilan rasmiylashtirilgan).
ГОСТ ISO 9712—2026 standarti Kengashga a’zo davlatlarning milliy standartlashtirish organlari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. Jumladan, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va O‘zbekistonning milliy organlari mazkur standartni qo‘llab-quvvatlab, ijobiy ovoz berdilar.
Mazkur standart ISO 9712:2021(E) “Non-destructive testing — Qualification and certification of NDT personnel” xalqaro standarti asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, putur yetkazmasdan tekshirish sohasidagi xodimlarning malakasini baholash va sertifikatlashtirish bo‘yicha xalqaro talablarni o‘zida mujassam etadi.
Standartning to‘liq matni Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengashining avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AIS MGS) portaliga joylashtirilgan bo‘lib, u bilan tanishish va yuklab olish imkoniyati mavjud: mgs.gost.ru
