BOSIM VA SARFNI O‘LCHASHDA INNOVATSION VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIK YONDASHUVLAR

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti ilm-fan va sanoat integratsiyasini rivojlantirish, milliy standartlar tizimini takomillashtirish hamda o‘lchashlarning aniqligi va barqarorligini ta’minlash yo‘nalishida keng ko‘lamli faoliyat olib bormoqda. Institutda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot natijalari amaliyotga samarali joriy etilib, tarkibiy bo‘linmalarning xalqaro standartlar va zamonaviy metrologik talablarga muvofiqligi izchil ta’minlanmoqda. Shu jumladan, institut tarkibidagi Bosim va sarfni o‘lchash bo‘limi alohida […]
QO‘QON FILIALIDA QIYOSLASH VA KALIBRLASH XIZMATLARI YANGI BOSQICHGA CHIQMOQDA

So‘nggi yillarda “O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti” davlat muassasasining Qo‘qon filialida o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash yo‘nalishlari izchil rivojlanib, bu boradagi natijalar yillar kesimida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Filial faoliyatida xalqaro va milliy standartlar asosida xizmat turlarini kengaytirish, mutaxassislar salohiyatini oshirish hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘lchash vositalarini qiyoslash yo‘nalishida muhim bosqich 2020-yil […]
YANGI O‘ZBEKISTONDA YANGI METROLOGIYA: TARAQQIYOT, ILM-FAN VA STRATEGIK ISTIQBOLLAR

Bugungi kunda mamlakatimizda kechayotgan shiddatli islohotlar davrida metrologiya sohasi iqtisodiyotning «ko‘rinmas, lekin eng mustahkam» poydevoriga aylandi. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida mahsulotlarimizning xalqaro bozorlarda munosib o‘rin egallashi asosiy maqsad etib belgilangan. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF–25-son «Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni soha rivojini mutlaqo […]
Ohangaronda “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo’lib o’tdi

14–15 may kunlari Ohangaron shahrida “Milliy sanoat zanjiri” sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma doirasida tog‘-kon sanoati, metallurgiya va geologiya yo‘nalishlariga oid yuqori texnologik mahsulotlar, innovatsion startaplar, ilmiy ishlanmalar hamda istiqbolli loyihalar namoyish etilmoqda. Tadbirning asosiy maqsadi — mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, xususiy sektor va yirik sanoat korxonalari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, tadbirkorlarni davlat […]
“Inson uchun” ko‘rgazmasida O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti ham faol qatnashdi

12−13 may kunlari Bosh vazir rahbarligida “Inson uchun” shiori ostida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar respublika ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti mas’ul xodimlari ham faol ishtirok etdi. Tadbir davomida nogironligi bo‘lgan tadbirkor va hunarmandlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar bilan yaqindan tanishilib, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ko‘rgazmada namoyish […]
Moskva shahrida SHHTga a’zo davlatlarning standartlashtirish sohasidagi hamkorlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlarning standartlashtirish sohasidagi hamkorlik yig‘ilishida ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish SHHT faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, ko‘p tomonlama amaliy hamkorlikni yanada faollashtirish, texnik jihatdan tartibga solish tizimlarini o‘zaro yaqinlashtirish hamda notarif to‘siqlarni […]
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassisi xalqaro DCC seminarida ishtirok etdi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) mutaxassisi Natalya Farxodova 2026-yil 6–7-may kunlari Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan “International Workshop on Digital Transformation with Digital Calibration Certificates (DCC) Hands-On Training” xalqaro seminarida ishtirok etdi. Tadbir raqamli metrologiya sohasidagi ekspertlar va milliy metrologiya institutlari vakillarini Digital Calibration Certificates (DCC) — raqamli kalibrlash sertifikatlarini joriy etish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni o‘rganish uchun […]
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida “Texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyati deputatlar nigohida” mavzusida seminar bo’lib o’tdi

Shuningdek, deputatlar O‘zbekiston Respublikasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash hamda zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan muhim qadam sifatida “Mahsulotlarning umumiy xavfsizligi to‘g‘risida” va “Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini ham muhokama qildilar. Mazkur qonun loyihalari xalqaro standartlar va ilg‘or tajriba asosida ishlab chiqildi. “Mahsulotlarning umumiy xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ushbu sohada yagona yondashuvni […]
Energetika hamda elektrotexnika sohasida faoliyat yurituvchi davlat tashkilotlari va tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan energetika va elektrotexnika sohasida faoliyat yurituvchi davlat tashkilotlari, ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining texnik jihatdan tartibga solish sohasini isloh qilishga qaratilgan farmonlari ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda PF-25-son Farmoni bilan sohada tadbirkorlar uchun yaratilgan yangi imkoniyat va qulayliklar […]
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti MGSning Metrologiya bo‘yicha ilmiy-texnik komissiyasi yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida videokonferensaloqa shaklida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash davlatlararo kengashining Metrologiya bo‘yicha ilmiy-texnika komissiyasi (NTKMetr)ning 63-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya davlatlarining metrologiya bo‘yicha milliy organlari vakillari, shuningdek, akkreditatsiya organlari mutaxassislari, MDH Ijroiya qo‘mitasi hamda Standartlar byurosi vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston tomonidan institutning mas’ul xodimlari […]