O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) mutaxassisi Natalya Farxodova 2026-yil 6–7-may kunlari Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan “International Workshop on Digital Transformation with Digital Calibration Certificates (DCC) Hands-On Training” xalqaro seminarida ishtirok etdi.
Tadbir raqamli metrologiya sohasidagi ekspertlar va milliy metrologiya institutlari vakillarini Digital Calibration Certificates (DCC) — raqamli kalibrlash sertifikatlarini joriy etish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni o‘rganish uchun birlashtirmoqda. DCC jahon metrologiyasi rivojlanishining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
Seminar doirasida ishtirokchilar quyidagilarni o‘rganmoqda:
▪️ DCC va metrologik ma’lumotlarning raqamli infratuzilmasi asoslari;
▪️ XML/XSD, XPath va Schematron bilan ishlash;
▪️ ma’lumotlarni raqamli validatsiya qilish usullari;
▪️ DCCni metrologik faoliyatda amaliy qo‘llash va joriy etish;
▪️ laboratoriyalarni raqamli transformatsiya qilish uchun zamonaviy vositalar va yechimlar.
Mazkur seminarda ishtirok etish metrologik jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha amaliy tajriba orttirish, xalqaro tajriba va zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish, shuningdek, xorijiy metrologiya tashkilotlari va ekspertlari bilan hamkorlikni kengaytirish imkonini beradi.
#UzNIM #Digitalization #DCC