O‘zbekiston milliy metrologiya institutida videokonferensaloqa shaklida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash davlatlararo kengashining Metrologiya bo‘yicha ilmiy-texnika komissiyasi (NTKMetr)ning 63-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya davlatlarining metrologiya bo‘yicha milliy organlari vakillari, shuningdek, akkreditatsiya organlari mutaxassislari, MDH Ijroiya qo‘mitasi hamda Standartlar byurosi vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston tomonidan institutning mas’ul xodimlari qatnashdi.
Yig‘ilish davomida institut Bosh metrologi Raymjonov Nuriddin Alijonovich tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yilga mo‘ljallangan reja-taqdimot qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar qo‘shma davlatlarda o‘lchashlar yagona tizimini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, normativ hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar. Muhokamalar yakunida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha muvofiqlashtirilgan tavsiyalar qabul qilindi.
Mazkur yig‘ilish metrologiya sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish va yagona yondashuvlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.