Har bir fuqaro “halollik vaksinasi”ni o‘ziga singdirishi muhim

Bugun O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida onlayn o‘quv-seminar tashkil qilindi. Seminarni Toshkent davlat yuridik universiteti yuridik fanlari doktori Shuhrat Xaydarov ko‘rgazmali ma’lumotlar asosida olib bordi. Huquq vakili ma’ruzasida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradarligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, mavzu doirasidagi qonunchilik talablari haqida to‘xtalib o‘tdi. O‘quv-seminari ta’sirchanligini […]
Ishchi yigʻilish oʻtkazildi

Kuni kecha O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha davlatlararo Kengashning (MGS) Metrologiya boʻyicha ilmiy-texnik komissiyasi (NTKMetr) doirasida videokonferensaloqa shaklida ishchi yigʻilish oʻtkazildi. Ushbu yigʻilishda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (UzNIM), D.I.Mendeleyev nomidagi Butunrossiya metrologiya ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIM) (Rossiya Federasiyasi) va Standartlar byurosi vakillari ishtirok etishdi. Yigʻilishda putur yetkazmasdan tekshirish sohasida xodimlarining […]
Seminar va ko‘rgazmali o‘lchashlar amalga oshirildi

Avval xabar berganimizdek, Italiya milliy metrologiya instituti (INRiM)ning Lazer texnologiyasi va uzunlikni oʻlchash boʻyicha vakili professor Zucco Massimo Oʻzbekistonda bo‘lib turibdi. Kecha Italiyalik xalqaro ekspert ishtirokida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari uchun uzunlik kattaliklarini o‘lchashlar mavzusida ko‘rgazmali seminar tashkil qilindi. Nazariy olib borilgan seminar so‘ngida professor Zucco Massimo tomonidan institutyning “Uzunlik kattaliklarini oʻlchash laboratoriyasi”da ko‘rgazmali […]
Oʻzbekiston va Italiya: Metrologiya sohasidagi hamkorlik

Joriy yilning 17-oktyabr kuni Italiya milliy metrologiya instituti (INRiM)ning Lazer texnologiyasi va uzunlikni oʻlchash boʻyicha vakili professor Zucco Massimo Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti faoliyati va metrologiya sohasidagi soʻnggi yangilanishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida hajm, bosim, uzunlik oʻlchash va boshqa yoʻnalishlar orqali OʻzMMI va INRiM oʻrtasida oʻzaro ilmiy-texnikaviy hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, […]
Kalibrlash xizmatlari ko‘rsatilmoqda

O‘zbekiston milliy metrologiya insituti Navoiy filiali tomonidan viloyatda faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlarda sifatli metrologik xizmatlar amalga oshirib kelinmoqda. Mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini ta’minlashda kalibrlash xizmatlarining o‘rni katta ahamiyat kasb etadi. Filialda 2021-yildan boshlab kalibrlash xizmatlari joriy etilgan bo‘lib, ayni vaqtda sohani yanada kengaytirish, yangi uslubiyatlarni joriy etish va mutaxassislar malakasini oshirish ishlari olib […]
Tarixiy an’anaga ega korxonada metrologik xizmat ko‘rsatildi

Qo‘qon xonligidagi qog‘ozgarlik ustaxonasi Markaziy Osiyoda faoliyat ko‘rsatayotgan birdan-bir fabrika bo‘lgan edi. Darhaqiqat, Qo‘qon qog‘ozi sifati, chidamliligi, nafisligi jihatidan Xitoyniki bilan bemalol bellasha olgan. Shu bois hatto Qashg‘ar, Shimoliy Afg‘oniston va Misrga ham olib borib sotilgan. Bu qog‘ozdan Buxoro amirligi qog‘oz pullar ishlab chiqarishda foydalanganligi ma’lum. Chunki, Qo‘qon qog‘ozidek shaffof va nafis qog‘oz dunyoda bo‘lmagan […]
Yosh metrolog Janubiy Afrika milliy metrologiya institutida 1 oylik ilmiy stajirovkani oʻtamoqda

Shu kunlarda Janubiy Afrikaning Pretoriya shahrida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassisi Ulugʻbek Panjiyev 1 oylik ilmiy stajirovkada ishtirok etmoqda. Stajirovka Janubiy Afrika milliy metrologiya institutining (NMISA) Tebranish laboratoriyasida amalga oshirilmoqda. Stajirovka maxsus dastur asosida tashkil etilgan boʻlib unda tebranish sohasida qoʻllaniladigan birlamchi va ikkilamchi etalonlar bilan tebranish oʻlchash vositalarini xalqaro standart ISO 16063-11, ISO 16063-21 […]
Yirik hajmli idishlar qiyoslandi

Tabiiy gaz. Kundalik hayotimizning bir bo‘lagiga aylanib ulgurgan ushbu mineral resurs qanday qazib olinishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?… Eng qizig‘i, yer qaridan qazib olinadigan ushbu ne’matning qanday vujudga kelgani to‘g‘risida dunyo olimlari haligacha bahslashadi. Biogen nazariyaga ko‘ra, tabiiy gaz paleozoy davrining so‘ngida nobud bo‘lgan o‘simlik va hayvon organizmlaridan, bakteriyalar, yuqori bosim va harorat ta’sirida hosil […]
Grand loyihasi doirasida metrologlar malaka oshirish dasturida ishtirok etishdi

“O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining standartlashtirish va metrologiya sohasidagi salohiyatini xalqaro amaliyotga muvofiq mustahkamlash” grant loyihasi doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (UzNIM) va Latviya metrologiya markazi (LNMC) o‘rtasida imzolangan “Metrologiya sohasida ilmiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida”gi kelishuv tuzilgan. O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va Latviya milliy metrologiya markazi o‘rtasidagi rejaga ko‘ra joriy yilning iyul oyi birinchi haftasida […]
Avtomobil tarozilari metrologlar ko‘rigida

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti metrologlari tomonidan manfaatdor hamkorlarga tegishli elektron avtomobil tarozilar davriy va talabga ko‘ra navbatdan tashqari qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazilmoqda. Kuni kecha metrolog mutaxassislar “Ohangaron don” AJga va uning tarkibidagi don qabul qilish shahobchalari (DQQSh)ga tegishli jami 5 dona elektron avtomobil tarozilarini navbatdan tashqari metrologik tekshiruvdan o‘tkazishdi. Shundan 1 dona Pisket DQQSh ga tegishli […]