Aniq vaqt

Avtomobil tarozilari metrologlar ko‘rigida

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti metrologlari tomonidan manfaatdor hamkorlarga tegishli elektron avtomobil tarozilar davriy va talabga ko‘ra navbatdan tashqari qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazilmoqda. Kuni kecha metrolog mutaxassislar “Ohangaron don” AJga va uning tarkibidagi don qabul qilish shahobchalari (DQQSh)ga tegishli jami 5 dona elektron avtomobil tarozilarini navbatdan tashqari metrologik tekshiruvdan o‘tkazishdi.
Shundan 1 dona Pisket DQQSh ga tegishli bo‘lgan 60 li elektron avtomobil tarozining ko‘rsatkichi ruxsat etilgan xatolik chegarasidan yuqoriligi aniqlandi.

Metrologik qiyoslash jarayonida 60 lik mazkur taroziga M1 sinfdagi jami 10 namunaviy toshlar qo‘yilganda 40 kg ga ko‘p ko‘rsatdi. Bunda ruxsat etilgan xatolik ± 20 kg ni tashkil etadi.
Ushbu nosoz holatda deb topilgan avtomobil tarozi ta’mirlovchi korxona tomonidan ta’mirlanib qayta qiyoslashdan o‘tkazilib, metrologik tekshiruv yakunida tashqi ta’sirni oldini olish maqsadida OIML R76-1 xalqaro standartiga asosan har bir avtomobil tarozilarining tegishli qismlari mutaxassislar tomonidan tamg‘alandi hamda qiyoslash guvohnomasi (sertifikat) rasmiylashtirildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil