Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Kalibrlash xizmatlari ko‘rsatilmoqda

O‘zbekiston milliy metrologiya insituti Navoiy filiali tomonidan viloyatda faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlarda sifatli metrologik xizmatlar amalga oshirib kelinmoqda. Mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini ta’minlashda kalibrlash xizmatlarining o‘rni katta ahamiyat kasb etadi. Filialda 2021-yildan boshlab kalibrlash xizmatlari joriy etilgan bo‘lib, ayni vaqtda sohani yanada kengaytirish, yangi uslubiyatlarni joriy etish va mutaxassislar malakasini oshirish ishlari olib borilmoqda.

Filial xodimlari tomonidan “UzTEST” markazi Navoiy filiali hamda Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasidagi sinov laboratoriyalarida kalibrlash ishlari bajarildi. Boshqarmaning maxsus laboratoriya xonalarida foydalaniladigan sinov vositalari kalibrlashdan o‘tkazildi. Ushbu laboratoriyalarda yana bir qator aniq o‘lchashlar bajarildi. Sinovlar jarayonida esa kalibrlash natijalari o‘ta muhim hisoblanadi.

Navoiy filiali