vtomobil va vagon tarozilarining metrologiya tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha ko‘chma mobil laboratoriya ishga tushirildi

📍Respublikamizda eng dolzarb vazifalardan biri yirik sanoat tarmoqlari – neft-gaz, kimyo, metallurgiya, bojxona, qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik korxonalarida foydalanilayotgan taxminan 500–700 ta katta avtomobil va vagon tarozilarining ishonchliligini hamda ushbu tarozilarda amalga oshiriladigan o‘lchash natijalarining to‘g‘riligini ta’minlash hisoblanadi. 🔄Ushbu vazifani samarali bajarish maqsadida O‘zbekiston milliy metrologiya institutining mutaxassislari tomonidan amaliy-konstruktorlik loyiha doirasida FAW JK6 CA1250 […]

Kalibrlash laboratoriyasi akkreditatsiya sohasi kengaytirildi

🔄 O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan Radiotexnik kattaliklarni, ionlashtiruvchi nurlanishlarni o‘lchash, putur yetkazmasdan tekshirish bo‘yicha kalibrlash laboratoriyasining (OʻZAK.KL.0003) akkreditatsiya sohasi kengaytirildi. ✅ Yangi joriy etiladigan kalibrlash xizmatlari ISO 16063-11 standarti talablari asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra tebranish datchiklari, akselerometrlar uchun birlamchi kalibrlash usuli yordamida yuqori aniqlikdagi xizmatlar ko‘rsatiladi.

Xalqaro darajada trening tashkil etildi

🔄 Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya tashkiloti Metrologiya kengashi (SMİİC MC (https://mc.smiic.org/en/calendar/smiic-mc-activities)) doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Fizik-kimyoviy, optik-fizikaviy va harorat kattaliklarni o‘lchash bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 18-noyabr kuni “Ikkilamchi pH standarti (buffer eritma tayyorlash, o‘lchash va noaniqlikni baxolash)” mavzusida xalqaro darajadagi online trening tashkil etildi. ⚡️ Trening davomida Ikkilamchi pH standartning asosiy xususiyatlari […]

«Измерительная техника» jurnali 2025-yil 5-sonida maqola chop etildi

✍️«Измерительная техника» jurnalida O’zbekiston milliy metrologiya instituti direktori L.Saidoripov hamda O’zMMI yetakchi mutaxassislari P.Kalandarov, B.Iskandarovning “Bug‘doy donining hajmliy zichligining namlikni mikroto‘lqinli o‘ta yuqori chastotali usulda o‘lchash aniqligiga ta’siri” nomli maqolasi chop etildi. ✔️ Ushbu maqolada bug‘doy donining hajmiy zichligi ultra yuqori chastotali amplituda dielkometriya usulida namlikni o‘lchash aniqligiga ta’siri hamda ishlab chiqilgan bir parametrli namlik […]

📢 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasida 2026-yil uchun doctoranturaga (PhD, DSc) hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga

✍️ «O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasida 2026-yil uchun tayanch doktorantura (falsafa doktori – Doctor of Philosophy, PhD) va doctorantura (fan doktori – Doctor of Science, DSc) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun kirish imtihonlari jadvali e’lon qilinadi. 🧾 05.03.02 – Metrologiya va metrologiya ta’minoti ixtisosligi bo‘yicha kirish imtihonlari jarayonlari quyidagicha boʻlib oʻtadi: ✅2025-yil 24-noyabr, soat […]

O‘zbekiston va Rossiya: Metrologiya sohasida hamkorlik yangi bosqichda

✅Joriy yilning 14-noyabr kuni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Rossiya Federatsiyasining texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya bo‘yicha federal agentligi (Rosstandart (https://www.gost.ru/portal/eng/home)) o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ✍️Uchrashuvda hamkorlikda metrologiya, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan muzokaralar olib borildi. 📈Jumladan, metrologiya sohasida Davlat […]

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida 39 – etalon ishga tushirilmoqda.

✅ O’zbekiston milliy metrologiya institutiga Suyuqlik zichligi birligi etaloni o’rnatildi hamda ishga tushurish ishlari olib borilmoqda. Ushbu etalon suyuqlik zichligini o’lchash bo’yicha metrologik kuzatuvchanligini ta’minlash va zichlik parametrlari orqali milliy va xalqaro manfaatdor tomonlarga birlamchi darajadagi kalibrlash xizmatlarini tarqatishdir. Shuningdek, zichlik o’lchovlarining xalqaro miqyosda tan olinishiga olib keladi va mintaqaviy, xalqaro miqyosda o’zaro ishonch hamda […]

Navbatdagi CMC-qator ro‘yxatga olindi

❗️ O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI)ning Radiotexnik kattaliklar, ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash va putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi Vaqt va chastota laboratoriyasining (TF jamoasi) navbatdagi kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari (СМС-qatorlar) toʻgʻrisidagi yozuvlari Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosining (BIPM) Asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasida (KCDB) chop etildi. ⚡️ Mazkur CMC-qator BIPM Vaqt va chastota konsultativ qo‘mitasi (CCTF) tomonidan doimiy […]

“COOMETning eng yaxshi yosh metrologi” XI xalqaro tanlovi yakunlandi

🔄2025-yil 11–13-noyabr kunlari Toshkent shahrida Davlat metrоlоgiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi (COOMET (https://coomet.info/)) tashkiloti doirasida o‘tkaziladigan “COOMETning eng yaxshi yosh metrologi” XI xalqaro tanlovi muvaffaqiyatli yakunlandi. 🌍Tanlovda jami 5 ta mamlakatdan 16 nafar nomzodlar Belarus (1), Ozarbayjon (2), Qozog‘iston (2), Rossiya (5), O‘zbekiston (5) ishtirok etdi. Ishtirokchilarning ingliz va rus tillarida taqdim etilgan ilmiy va amaliy […]

O’zbekiston-Belarus metrologiya sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi

🔄O’zbekiston milliy metrologiya instituti direktori L.Saidoripov Belarus Respublikasi davlat metrologiya instituti (https://belgim.by/)direktor o’rinbosari Yu.Kozak bilan uchrashuv o’tkazdi. 📍2025-yil 11–13-noyabr kunlari Toshkent shahrida Davlat metrоlоgiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi (COOMET) tashkiloti doirasida o‘tkaziladigan “COOMETning eng yaxshi yosh metrologi” XI xalqaro tanlovi doirasida o’tkazilgan uchrashuvda O’zbekiston-Belarus metrologiya sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi. ✍️Jumladan, 2025-yilda imzolangan ikkita davlat milliy metrologiya […]