
📍Respublikamizda eng dolzarb vazifalardan biri yirik sanoat tarmoqlari – neft-gaz, kimyo, metallurgiya, bojxona, qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik korxonalarida foydalanilayotgan taxminan 500–700 ta katta avtomobil va vagon tarozilarining ishonchliligini hamda ushbu tarozilarda amalga oshiriladigan o‘lchash natijalarining to‘g‘riligini ta’minlash hisoblanadi.
🔄Ushbu vazifani samarali bajarish maqsadida O‘zbekiston milliy metrologiya institutining mutaxassislari tomonidan amaliy-konstruktorlik loyiha doirasida FAW JK6 CA1250 yuk avtomobili negizida zamonaviy harakatlanuvchi (mobil) laboratoriya (platforma)si yaratildi.
🧾 Laboratoriya tarkibi:
✅ Nominal massasi 1 t bo‘lgan, M1 aniqlik klassidagi parallelepiped shaklli tarozi toshlari – 30 dona.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
✅1,5 t (qulochi 10,5 m gacha) dan
✅7 t (qulochi 2 m gacha) oralig‘ida.
✅Umumiy yuk ko‘tarish og‘irligi – 32 t
✅Tirkamaning yuk ko‘tarish og‘irligi – 18 t
✅ Mobil laboratoriya avtomobil va vagon tarozilarini OIML R 76 xalqaro tavsiyasiga muvofiq metrologiya tekshiruvidan o‘tkazishga imkon beradi, shuningdek, sanoat majmualaridagi ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishni ta’minlaydi, bu esa vaqt va resurslarni tejash imkonini yaratadi.
❗️ Mobil laboratoriyaning eng katta afzalliklaridan biri — uning respublikaning barcha hududlarida xizmat ko‘rsatish imkoniyatidir. Bu esa qishloq xo‘jaligi, sanoat va logistika sohalarida foydalaniladigan avtomobil va vagon tarozilarining metrologiya xizmatlari bilan qamrab olish darajasini sezilarli oshiradi.
🟠 Ushbu mobil laboratoriya joriy yilning 14 noyabr kuni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Rossiya Federatsiyasining texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya bo‘yicha federal agentligi (Rosstandart (https://www.gost.ru/portal/eng/home)) o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv doirasida foydalanishga topshirildi.



