Institutda ilmiy izlanishlar uchun sharoitlar yaratilgan

 O‘zbekiston milliy metrologiya institutida xodimlar uchun izlanish va tashabbuskorlik, yoshlarning ilm olishi, bilim ko‘nikmalarini kengaytirishi va ilmiy izlanishlarni olib borishga keng sharoitlar yaratilgan. Bu yo‘nalishda o‘zi salohiyatini ko‘rsatib, ilmiy natijalarga erishgan, mahalliy va xalqaro loyihalarda samarali ishtirok etgan mutaxassislarni rag‘batlantirish ham yo‘lga qo‘yilgan. Institutning bir qator yosh olimlari mazkur imkoniyatlardan o‘rinli tarzda foydalanib, samarali natijalarga […]

Ilmiy maqolalar va tezislarni kuzatish imkoniyati mavjud

Institut xodimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalarini o‘zida aks ettirgan ilmiy maqolalar va tezislar bilan ushbu havola https://nim.uz/faoliyat/ilmiy-tadqiqotlar/ orqali tanishishingiz mumkin. Ilmiy maqolalar yurtimizdagi nufuzli Oliy attestatsiya kommisiyasi OAK tasarrufidagi va xalqaro SCOPUS, WEB of SCIENCE, SPRINGER, Google Scholar, CyberLeninka bazalarida indeksatsiyalangan konferensiya va jurnallarda chop etilgan.

Institutda huquqiy savodxonlik oshirilmoqda

  Shu kunlarda institutning Bekobod, Olmaliq va Chirchiq filiallarida huquqiy mavzuda, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan seminarlar o‘tkazildi. Unda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayns nazorati xizmati rahbari Shuhratbek Xomidov xodimlarga huquqiy mavzuda ma’lumotlar berib o‘tdi. Tadbirlar davomida yig‘ilganlarga kasb odob-axloq qoidalariga amal qilish, ishga mas’uliyat va vijdon bilan yondoshish,  halollikka amal qilishga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, […]

Oʻzbekiston metrologiyasi 100 yoshda

Xabaringiz borki, “20-may – Butunjahon metrologiya kuni” etib belgilangan va bayram sifatida nishonlanadi. Fuqarolarni metrologiya va uning ahamiyati to‘g‘risida kengroq xabardor qilish maqsadida O‘lchov va tarozilar bosh konferensiyasi (CGPM) tashabbusi bilan 1986 yildan boshlab 20 may – Butunjahon metrologiya kuni nishonlanishi boshlangan. Har yili 20 mayda – Butunjahon metrologiya kuni Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi […]

Metrologik xizmatlar amalga oshirilmoqda

 Mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini ta’minlashda metrologiya xizmatlarining o‘rni katta ahamiyat kasb etadi. Aniq o‘lchashlar sifat va xavfsizlikni kafolatlaydi.  O‘zbekiston milliy metrologiya insituti Navoiy filiali tomonidan viloyatda faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlarda sifatli metrologik xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda. Filialda 2021-yildan boshlab kalibrlash (yuqori aniqlikdagi o‘lchashlar) xizmatlari joriy etilgan bo‘lib, ayni vaqtda sohani yanada kengaytirish, yangi uslubiyatlarni […]

Talabalar amaliyoti uchun qulay imkoniyatlar yaratilmoqda

    Xabaringiz borki, kuni kecha O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Islom Karimov nomli Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida ta’lim, fan va ishlab chiqarishni integratsiyalash maqsadida  agentlik binosida “O‘quv va amaliyot” xonasi tashkil etildi. Bugun Toshkent davlat texnika universitetining “Elektronika va avtomatika” fakultetida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti direktori o‘rinbosari Ma’rufjon Jalilov,  Standartlar instituti direktori G‘ayrat […]

Ishlab chiqarish integratsiyasi taʼlim va fan bilan uygʻunlashadi

 Bugun Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “Oʻquv va amaliyot” markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Agentlik Bosh direktori Akmal Jumanazarov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, , Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turobjonov va manfaatdor idoralar vakillari ishtirok etishdi. Mazkur markaz standartlashtirish, […]

KOOMETning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 5-6-mart kunlari Yevroosiyo mintaqasi davlat metrologiya muassasalari hamkorligi (KOOMET) “Uzunlik va burchak” 1.5 texnik qo‘mitasining 20 – yig‘ilishi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda Armaniston, Bosnya va Gertsegovina, Belarus, Gruziya, Rossiya, Ozarbayjon, Moldova, Qozogʻiston, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari ishtirok etishdi. Texnik qo’mita yig’ilishida 2023-2024-yillarda texnik qo’mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar […]