O’zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari tomonidan monografiya chop etildi

O’zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari va Toshkent davlat texnika universiteti tayanch doktorontlari tomonidan “Tibbiyot o‘lchash vositalari metrologik tekshiruvi” nomli monografiya chop etildi. Monografiya Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” nashriyoti tomonidan chop etildi. Monografiyada tibbiyot sohasida o‘lchash vositalari rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari, O’zbekiston Respublikasida tibbiyot metrologiyasini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan islohotlar, respublikada […]
Navbatdagi xalqaro e’tirof

Mashaqqatli va professional jamoaviy ish natijasida joriy yilning 1 martdan boshlab O‘zbekiston milliy metrologiya institutining (05-bo‘lim) Ikkilamchi etalonlar dozimetriya laboratoriyasi (keyingi o‘rinlarda – UzNIM SSDL deb yuritiladi) IAEA/WHO SSDL Network to‘la huquqli a’zosi bo‘lib, xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi. Ma’lumot uchun: IAEA/WHO SSDL Network – Xalqaro atom energiyasi agentligi (IAEA) tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) […]
Qirg’izistonda texnik trening o‘tkazilmoqda

Shu kunlarda institutning o‘lchashlar va kalibrlash xizmati markazi mutaxassislari Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (OIML)ning R 111 hujjatiga asosan tarozi toshlarini kalibrlash bo‘yicha texnik treningda qatnashishmoqda. Mazkur trening Qirg’iziston Respublikasi Standartlashtirish va metrologiya markazi laboratoriyalarida tashkil etilgan. Bugun o‘z nihoyasiga yetadigan xalqaro trening Germaniya fizika-texnika instituti (PTB) loyihasi doirasida tashkil etilgan.
Fotolavha

Institutning “Harorat kattaliklarini o‘lchash laboratoriyasi”dagi harorat va namlikni o‘lchash vositalarini kalibrlash jarayonidan fotolavha
Xalqaro onlayn seminar o‘tkazilmoqda

Ayni paytda Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosi (BIPM) va Osiyo-Tinch okeani metrologiya dasturi (APMP) tomonidan “CIPM 2030+ strategiyasi”ni innovatsion g‘oyalar bilan to‘ldirishga qaratilgan seminar o‘tkazilmoqda Xalqaro onlayn seminarda O‘zbekiston milliy metrologiya institutining bir qator mutaxassislari ham ishtirok etishmoqda.
Institut xodimi xalqaro loyihada murabbiy sifatida qatnashishmoqda

Kecha Germaniya federal fizika-texnika instituti (PTB)ning “Xalqaro hamkorlikda raqamli transformatsiya uchun metrologiya” – M4DT-IC nomli yangi, dolzarb loyihasini amalga oshirishni birinchi kuni o‘tdi. Loyihani maqsadi, ishtirokchilar M4DT bo‘yicha milliy loyihasini o‘z mas’uliyati ostida, murabbiylar va texnik qo‘mita hamrohligida amalga oshiradilar. Onlayn va yuzma-yuz seminarlarda barcha ishtirokchilar o‘rtasidagi hamkorlik va bilimlar birgalikda rivojlantiriladi. Ilg‘or tajribalar, muammolar […]
Institut mutaxassisi KOOMET koordinatori sifatida tavsiya etildi

Bugun Yevroosiyo mintaqasi davlat metrologiya muassasalari hamkorligi (KOOMET) “Ionlashtiruvchi nurlanishlar va radioaktivlik” 1.9 texnik qo‘mitasining 20 – yig‘ilishi-video konferens-aloqa shaklida bo‘lib o‘tdi. KOOMETga a’zo mamlakatlardan Armaniston, Bosnya va Gertsegovina, Belarus, Gruziya, Rossiya, Ozarbayjon, Moldova, Qozogʻiston, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari ishtirok etishdi. Ushbu yigʻilishda O‘zbekiston milliy metrologiya institutidan KOOMET 1.9 texnik qoʻmita a’zosi va ionlashtiruvchi […]
Institut masu’llari Oliy Majlis Senati tadbirida ishtirok etishdi

Oliy Majlis Senatida o‘tkazilgan O‘zbekistonning Turkiya va Ozarbayjondagi elchilarining hisobotlarini eshitishga bag‘ishlangan yig‘ilishda Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining mas’ul xodimlari ham ishtirok etishdi.
Eslatma

Shu kunlarda, kuzgi-qishki isitish mavsumi davomida korxona va tashkilotlar, shuningdek, koʻpgina xonadonlarda oʻrnatilgan gaz analizatorlarni soz holatda ekanligi hamda toʻgʻri ishlayotganligini tekshirib koʻrishingizni eslatib oʻtamiz. Maʼlumot oʻrnida: Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida qiyoslash gaz qorishmalari yordamida gaz analizatorlar, signalizatorlar va gaz detektorlarining metrologik nazoratini taʼminlash maqsadida fizik-kimyoviy kattaliklarni oʻlchash laboratoriyasi faoliyat yuritmoqda…
Etalonlar bazasini takomillashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha uchrashuv o‘tkazildi

Kecha Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida Germaniyaning Oʻzbekistondagi shoʻba korxonasi “WIKA Instrumentation” bilan hamkorlik ishlarini kengaytirish, etalonlar bazasini takomillashtirish va modernizatsiya qilish, sohaga investitsiya jalb etish, kalibrlash bo‘yicha xodimlar malakasini muntazam ravishda oshirib borish muhokama qilindi. Xalqaro ekspertlar bosim va differensial bosim oʻlchash vositalari, ularni xususiyatlari va ishlash uslubi hamda kalibrlash amaliyoti haqida o‘zaro rejali ishlarni […]