Ona tilim g‘ururim, faxrim

Bu yil O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘lishi munosabati O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining hududiy filiallari tomonidan “Ona tilim g‘ururim, faxrim” mavzusi qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlar davomida davlat tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan farmon va qarorlar, me’yoriy hujjatlar hamda ona tilimiz qadri va nufuzini yanada oshirish borasidagi amaliy ishlar alohida e’tirof […]
Milliy vaqt shkalasini hosil qilish, saqlash va uzatish kabi bilim va ko‘nikmalar yanada takomillashtirilmoqda

Rossiya Federatsiyasining fizik-texnika va radio-texnika ilmiy tadqiqot instituti (ВНИИФТРИ) tomonidan tashkil etilgan vaqt va chastota sohasida malaka oshirishda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari ishtirok etmoqda. Mazkur malaka oshirish jarayonlari joriy yil 4-apreldagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Rossiya texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya federal agentligi rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv bayoni hamda […]
O‘zMMI xodimlari xalqaro anjumanda ishtirok etishdi

Joriy yil 7-11 oktyabr kunlari Krasnodarda (Rossiya) “Sanoatda metrologiya” ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda O‘zMMI xodimlari ham ishtirok etishdi. R.Valiyev ochilish marosimida ishtirok etib, O‘zMMI direktori – COOMЕT prezidenti L.Saidoripovni so‘zlarini ommaga yetkazdi, shuningdek, A.Ergashev O‘zbekistondagi metrologiyaning hozirgi holati va istiqbolli rejalari to‘g‘risida ma’ruza qildi. Anjumanda asosan qonunlashtiruvchi metrologiya, soha normativ-huquqiy […]
COOMETning “Ionlashtiruvchi nurlanishlar va radioaktivlik” texnik qo‘mitasi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi

Joriy yilning 8-9 oktabr kunlari “Davlat metrologiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi” (COOMЕT) “Ionlashtiruvchi nurlanishlar va radioaktivlik” 1.9 texnik qo‘mitasining (TQ 1.9) 21 – yig‘ilishi (gibrid formatda) bo‘lib o‘tmoqda. COOMETga a’zo mamlakatlardan Armaniston, Bosniya va Gertsegovina, Belarus, Gruziya, Rossiya, Kuba, Ozarbayjon, Moldova, Qozogʻiston, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston hamda Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosi (BIPM) vakillari ishtirok etishmoqda. […]
ГОСТ 8.417-2024 “O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Kattalik birliklari” davlatlararo standartining yangi tahriri qabul qilindi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan ilk bor “D. I. Mendeleev nomidagi Butunrossiya metrologiya ilmiy-tadqiqot instituti” federal davlat unitar korxonasi (ФГУП “ВНИИМ им. Д.И. Менделеева”) bilan birgalikda ishlab chiqilgan ГОСТ 8.417-2024 “O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Kattalik birliklari” davlatlararo standartining yangi tahriri, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Yevroosiyo kengashi […]
COOMET TK 1.2 texnik qo‘mitasi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 23-27-sentabr kunlari “Davlat metrologiya muassasalari Yevro-Osiyo hamkorligi tashkiloti” (COOMET)ning TK 1.2 “Akustika, ultratovush, tebranish” texnik qo‘mitasining navbatdagi 18-yig‘ilishi Xitoy Xalq Respublikasi Pekin shahrida Xitoy milliy metrologiya instituti (NIM CHINA)da bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) “Akustika, ultratovush va tebranish” laboratoriyasi mutaxassislari ishtirok etdi. Yig‘ilishda O‘zMMI xodimlari O‘zMMIda tebranish va akustika […]
ILK BOR O‘ZBEKISTON-ITALIYA TA’LIM FORUMI BO‘LIB O‘TMOQDA

Joriy yilning 23–27-sentyabr kunlari O‘zbekistonda ilk bor O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan Birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi o‘tkazilmoqda. Forumda Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vazirligi hamda uning huzuridagi 25 ga yaqin universitetlar, 40 dan ortiq O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etmoqda. “Universitetlar hamkorligining yangi bosqichi – […]
“Kimyodagi metrologiya” va “Elektr va magnitizm metrologiyasi” klublari o‘z ishini boshladi

Kimyo sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar bilan aloqalar o‘rnatish hamda mavjud muammolarga amaliy ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan “Kimyodagi metrologiya” metrologik klubining 1-yig‘ilishi video konferens aloqa tarzida tashkil etildi. Unda Shurtan gaz kimyo majmuasi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi hamda O‘zMMI mutaxassislari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda kimyoviy o‘lchashlarda qo‘llanilayotgan standart namunalarni […]
Jamiyatda xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish hamda reproduktiv salomatlikni yaxshilash – islohotlarning bosh omilidir

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya institutida “Jamiyatda xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish hamda reproduktiv salomatlikni yaxshilash – islohotlarning bosh omilidir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Xotin qizlar qo‘mitasi raisi maslahatchisi Rahima Mirxoliqova, iste’dodli shoira Lola Sobirova, Salomatlik va strategiya rivojlanish instituti Sog‘lom turmush tarzi boshqarmasi […]
Moddalar va materiallar tarkibi va xossalari bo‘yicha standart namunalarni yaratish va qo‘llash to‘g‘risidagi hamkorlik bitimi muhokamada bo‘ldi

MDH Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengashining (МГС СНГ) metrologiya bo‘yicha ilmiy-texnik Kengashning Standart na’munalar va moddalar hamda materiallar tarkibi va xossalari bo‘yicha Ishchi guruhining (РГ СО НТКМетр) navbatdagi 14-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan metrolog mutaxassislar hamda Standartlar bo‘yicha byuro vakillari ishtirok etdi. MDHga a’zo davlatlar […]