![]() |
![]() |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya institutida “Jamiyatda xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish hamda reproduktiv salomatlikni yaxshilash – islohotlarning bosh omilidir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
![]() |
![]() |
Unda O‘zbekiston Xotin qizlar qo‘mitasi raisi maslahatchisi Rahima Mirxoliqova, iste’dodli shoira Lola Sobirova, Salomatlik va strategiya rivojlanish instituti Sog‘lom turmush tarzi boshqarmasi bosh mutaxassisi Sayera Mullayeva hamda institut xotin-qizlari ishtirok etishdi.
![]() |
![]() |
Tadbirda so‘z olganlar xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish, ular ahvolini tubdan yaxshilashga qaratilgan davlatimiz siyosati, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga alohida e’tibor qaratilayotgani, ularni jamiyatda siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirishda amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy faollik darajasini oshirish kabi mavzularga to‘xtaldilar.
![]() |
![]() |
Tadbirda davomida shoira Lola Sobirova o‘zining yangi she’rlarini o‘qidi hamda uning she’rlariga yaratilgan qo‘shiqlar, saundtreklar tinglandi.







