Aniq vaqt

COOMET TK 1.2 texnik qo‘mitasi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 23-27-sentabr kunlari “Davlat metrologiya muassasalari Yevro-Osiyo hamkorligi tashkiloti” (COOMET)ning TK 1.2 “Akustika, ultratovush, tebranish” texnik qo‘mitasining navbatdagi 18-yig‘ilishi Xitoy Xalq Respublikasi Pekin shahrida Xitoy milliy metrologiya instituti (NIM CHINA)da bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) “Akustika, ultratovush va tebranish” laboratoriyasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda O‘zMMI xodimlari O‘zMMIda tebranish va akustika laboratoriyasining infratuzilmasi, o‘lchash va kalibrlash imkoniyatlari hamda istiqbolli rejalari haqida yig‘ilish ishtirokchilariga taqdimot qilishdi.

Yig‘ilish davomida sohada yangi metodlarni qo‘llanishi, amalyotga joriy qilinishi bo‘yicha NIM CHINA laboratoriyalarida amaliy va nazariy seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Shuningdek, xizmat safari davomida O‘zMMI va Xitoy milliy metrologiya instituti (NIM) AUV laboratoriyalari mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Ushbu uchrashuv davomida O‘zMMI mutaxassislari tomonidan hozirda O‘zMMI va NIM o‘rtasida hamkorlik aloqalari mavjudligi takidlanib, o‘zaro hamkorlik yuzasidan takliflar bildirildi.

NIM AUV laboratoriya boshlig‘i, Mexanika va akustika bo‘limi direktori Wei Gao va bo‘limi mutaxassislari tomonidan aytilgan takliflar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirdi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra laboratoriyalar o‘rtasida mutaxassislar malakasini oshirish, Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosi (BIPM)ning asosiy solishtirishlar bazasi (KCDB) CMC qatorlarni chop etish uchun mintaqaviy metrologiya tashkilotlari doirasida solishtirshlar tashkil etish va milliy etalonlar bazasini takomillashtirishga doir masalalarda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.

#UzNIM #NIM #AUV #COOMET #TC_1.2 #International_cooperation

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil