Aniq vaqt

“Kimyodagi metrologiya” va “Elektr va magnitizm metrologiyasi” klublari o‘z ishini boshladi

Kimyo sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar bilan aloqalar o‘rnatish hamda mavjud muammolarga amaliy ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan “Kimyodagi metrologiya” metrologik klubining 1-yig‘ilishi video konferens aloqa tarzida tashkil etildi.

Unda Shurtan gaz kimyo majmuasi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi hamda O‘zMMI mutaxassislari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda kimyoviy o‘lchashlarda qo‘llanilayotgan standart namunalarni  e’tirof etish orqali O‘zbekiston Respublikasi o‘lchash vositalari davlat reestriga kiritish hamda laboratoriyalararo solishtirishlarni jadallashtirish masalalari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, “Elektr va magnitizm metrologiyasi” klubi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu onlayn formatda o‘tkazilgan yig‘ilishda elektr va magnit kattaliklarini o‘lchash bo‘limi mutaxassislari hamda hududiy filiallar mutaxassislari ishtirok etdi.

Unda elektr va magnit kattaliklarini o‘lchash mutaxassislari tomonidan yuqori aniqlikdagi tok transformatorlar o‘lchashda qo‘llanilayotgan namunaviy o‘lchash vositalari ГОСТ 7746  xujjatlari o‘rniga joriy qilingan IEC 60044-1-2013, IEC 61869-1-2015 xalqaro xujjatining asosiy farqlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil