O‘lchashlar – barcha zamonlar, barcha xalqlar uchun

🌀 Xabaringiz borki, “20-may – Butunjahon metrologiya kuni” etib belgilangan va bayram sifatida nishonlanadi. 🌀 Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM) (https://www.bipm.org/en/) va Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (OIML) (https://www.oiml.org/en) 2025 yilgi Butunjahon metrologiya kuni rasmiy shiorini taqdim etdi. ✅Bu yilgi shior – “O‘lchashlar – barcha zamonlar, barcha xalqlar uchun” deb nomlanib, ishlab chiqarish va kundalik […]
Hamkorlik shartnomasi imzolandi

✅ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi o‘rtasida investitsion loyiha doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va “NOMAC” o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi imzolandi. ✅ Bu kelishuv asosida Qoraqalpog‘istonda zamonaviy laboratoriyalar majmuasi tashkil etiladi. Laboratoriyalar xalqaro tavsiyalar asosida jihozlanadi va aholi hamda sanoat korxonalariga yuqori sifatli metrologiya xizmatlari ko‘rsatish imkonini beradi. ✅ […]
NAVRO‘Z – YANGILANISH VA BIRLIK BAYRAMI

🌸 Navro‘z – bu yasharish, yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi. Tabiat uyg‘onib, bahor fasli o‘zining beg‘ubor go‘zalligini namoyon etar ekan, xalqimiz Navro‘zni intiqlik bilan kutadi. U ezgulik, birdamlik va saxovat ramzi sifatida yuraklarga iliqlik, qalblarga quvonch olib keladi. ⚡️ Joriy yilning 19-mart kuni “O’zMMI” DM Qo‘qon filiali va «UzTest» DM filiallari xodimlari Qo‘qon shahar Yoshlar […]
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida

🌿 O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Qo‘qon filiali xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasida faol ishtirok etdi. 🌱 Tashabbus doirasida atrof-muhitni obodonlashtirish, ekologik muvozanatni saqlash va yashil hududlarni kengaytirish maqsadida turli manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda «ANGLESEY FOOD» MCHJ o‘rtasidagi hamkorlik

🛒 Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda o‘lchashlar birliligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda «ANGLESEY FOOD» MCHJ o‘rtasidagi hamkorlik shartnomaga asosan institut mutaxassislari tomonidan respublikamizdagi 162 ta Korzinka savdo markazlarida mavjud 2000 dan ortiq elektron tarozilari OIML R76-1-2011 xalqaro xujjatiga muvofiq metrologik tekshiruvidan o‘tkazilmoqda.
Acoustic calculator 1.0

✍️ O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) “Akustika, ultratovush va tebranish” laboratoriyasi xodimi tomonidan “Acoustic calculator 1.0” nomli elektron hisoblash mashinalari uchun dasturiy ta’minoti yaratildi. 🧭 Ushbu dasturiy ta’minot O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi (https://ipcenter.uz/)dan guvohnoma olindi. “Acoustic calculator 1.0” dasturi laboratoriya xodimlariga akustika sohasidagi kattaliklarning birliklarini bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga […]
Praga shahrida Chexiya davlatining sifat infratuzilmasi idorasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Praga shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi Iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning (HK) yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Chexiya Milliy metrologiya instituti (CMI) direktori Dr. Jiří Tesař bilan uchrashdi. Muloqot davomida milliy etalonlar bazasini takomillashtirish va rivojlanishini ta’minlash, etalonlarni va eng yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini […]
COOMЕT TK 3.1 “Sifat forumi texnik qo‘mitasi”ning 3️⃣7️⃣-yig‘ilishi onlayn rejimda bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya, Slovakiya, Turkiya va O‘zbekiston ekspertlari ishtrok etdi. ✅ 2024 yil 3 dekabrdan 5 dekabrgacha o‘tkazilgan O‘zbekiston milliy metrologiya institutining (O‘zMMI, O‘zbekiston 🇺🇿) sifat menejmenti tizimini baholash sarhisobi bo‘yicha ijobiy ovoz berish natijalari asosida quyidagi metrologiya sohalarida ISO/IEC 17025 ga muvofiq O‘zMMI sifat menejmenti tizimini e’tirof etish to‘g‘risidagi COOMЕT guvohnomasi […]
Elektromobillarni zaryadlash qurilmalarining metrologik tekshiruvi bo‘yicha bilim va tajribalar oshirilmoqda

✅ Ayni damda O‘zbekiston milliy metrologiya institutining mutaxassislari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida Xitoy Milliy metrologiya instituti tomonidan tashkil etilgan Elektromobillarni quvvatlash stansiyasiyalarini metrologik tekshiruvi bo‘yicha ilmiy-amaliy seminarida ishtirok etmoqda. ✅ Mazkur o‘quv seminarida ishtirokchilar elektromobillarni quvvatlash jarayonida ularning xavfsizligi va salomatligini saqlash, iste’molchi va elektr ta’minotchi korxona o‘rtasida munozarali vaziyatlarni oldini olish hamda […]
Kinematik qovushqoqlik birligi milliy boshlang’ich etaloni

⭐ O’zMMI yangi ishga tushirilgan Qovushqoqlik o’lchash laboratoriyasida Kinematik qovushqoqlik birligi milliy boshlang’ich etaloni (Oʻz MBEt 24:2024) yordamida neft mahsulotlarini o’lchashda foydalaniladigan, o’lchash ko’lami 0,01 mm2/s dan 100 000 mm2/s gacha bo‘lgan shishali kapillyar viskozimetrlarni DIN 53000-1 «Viscometry – Measurement of kinematic viscosity by means of the Ubbelohde viscometer – Part 1» xalqaro standarti talablariga […]