![]() |
![]() |
![]() |
✍️ O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) “Akustika, ultratovush va tebranish” laboratoriyasi xodimi tomonidan “Acoustic calculator 1.0” nomli elektron hisoblash mashinalari uchun dasturiy ta’minoti yaratildi.
🧭 Ushbu dasturiy ta’minot O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi (https://ipcenter.uz/)dan guvohnoma olindi.
“Acoustic calculator 1.0” dasturi laboratoriya xodimlariga akustika sohasidagi kattaliklarning birliklarini bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tkazish, akustika oid formulalar asosida hisob-kitob ishlarini amalga oshirish, oktava va oktava ulushi chastota qatorlarini hosil qilish orqali qulaylik yaratadi.
✅ Shuningdek, oktava va oktava ulushi chastota qatorlarini hosil qilish funksiyasi xalqaro va mintaqaviy standartlar talablari asosida ishlab chiqilgan.
Dastur xususiyatlaridan yana biri ikkita tilda foydalanish imkoniyati mavjudligi hisoblanadi.


