✅ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi o‘rtasida investitsion loyiha doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va “NOMAC” o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi imzolandi.
✅ Bu kelishuv asosida Qoraqalpog‘istonda zamonaviy laboratoriyalar majmuasi tashkil etiladi. Laboratoriyalar xalqaro tavsiyalar asosida jihozlanadi va aholi hamda sanoat korxonalariga yuqori sifatli metrologiya xizmatlari ko‘rsatish imkonini beradi.
✅ Bunday zamonaviy metrologiya infratuzilmasi nafaqat sanoat korxonalarining aniq o‘lchash talablarini qondirib, mahsulot sifatini oshirishga xizmat qiladi, balki eksportbop mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Chunki xalqaro standartlarga javob beruvchi mahsulotlar tashqi bozorda raqobatbardoshlikni ta’minlaydi.