O‘ZBEKISTONDA MERTECH RIVOJLANISHI: SERTIFIKATSIYADAN SAVDOLAR O‘SISHIGACHA

MERTECH kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi bozoriga O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti bilan yaqin hamkorlik tufayli kirib keldi. Institut mutaxassislari ko‘magida MERTECH M-ER savdo va analitik tarozilari metrologik attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘lchov vositalari davlat reyestriga kiritildi. Hozirgi kunda M-ER tarozilaridan O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalari foydalanmoqda, Toshkent shahrida esa MERTECH servis markazi faoliyat yuritmoqda. MERTECH kompaniyasi haqida […]
O‘ZBEKISTON MILLIY METROLOGIYA INSTITUTI HURMATLI XODIMLARI!

Metrologiya kabi muhim va mas’uliyatli sohaga o‘z hayotini bag‘ishlagan mutaxassislar hamda yangi avlod professionallariga samimiy tabriklarim va ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz. Sizning faoliyatingiz barcha ishlab chiqarish jarayonlarida aniqlik, ishonchlilik va haqqoniylikning mustahkam poydevori hisoblanadi, ayniqsa strategik jihatdan muhim bo‘lgan neft-gaz sohasida. Aynan sizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli o‘lchovlarning to‘g‘riligi, hisob-kitoblarning shaffofligi va texnologik operatsiyalarning xavfsizligi ta’minlanmoqda. […]
ANIQLIK VА ISHONCH – TARAQQIYOT MEZONI

Metrologiya insoniyat taraqqiyotining eng muhim tayanchlaridan biri hisoblanadi. Qadim zamonlardanoq odamzod atrof-muhitni anglash, savdo-sotiqni rivojlantirish va ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun aniq oʼlchashlarga ehtiyoj sezgan. Bugungi kunda esa metrologiya nafaqat ilmiy sohaning ajralmas qismi, balki zamonaviy iqtisodiyot va sanoat taraqqiyotini belgilab beruvchi strategik yoʼnalishga aylandi. Аyniqsa, kimyo sanoatida metrologiyaning oʼrni beqiyos. Bu tarmoqda har bir texnologik […]
YANGI O‘ZBEKISTON METROLOGIYASI: ANIQLIK, ISHONCH VA XALQARO E‛TIROF

Hurmatli hamkasblar, qadrli metrologlar! Sizlarni kasb bayramingiz – Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi jamoasi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan samimiy muborakbod etaman. Metrologiya – bu nafaqat aniq o‘lchashlar tizimi, balki iqtisodiyot barqarorligi, sanoat raqobatbardoshligi, mahsulot sifati va aholi xavfsizligini ta‛minlaydigan muhim sohadir. Bugungi kunda fan, sanoat, energetika, tibbiyot, qurilish, […]
METROLOGIYA ZAMONAVIY DUNYODA ISHONCH ASOSI SIFATIDA

Butunjahon metrologiya kuni zamonaviy dunyoda o‘lchashlarning rolini – fundamental tadqiqotlardan tortib sanoat ishlab chiqarishi, xalqaro savdo va jamoat manfaatlarini himoya qilishgacha – chuqur anglash uchun muhim imkoniyat yaratadi. 1875-yilda Metrik konvensiya imzolanganidan buyon yagona o‘lchov tizimi ilmiy-texnik taraqqiyotning ajralmas asosi bo‘lib, natijalar taqqoslanuvchanligi va mamlakatlar o‘rtasidagi ishonchni ta’minlab kelmoqda. E’tiborlisi shundaki, Metrik konvensiya 150 yildan ortiq […]
“OLMАLIQ KMK” АJda METROLOGIYA SOHАSIDАGI ISLOHOTLАR VА RАQАMLАSHTIRISH JАRАYONLАRI

Oʼlchashlar, ularning yagona birlikda boʼlishini taʼminlash usullari va vositalari, shuningdek talab etiladigan aniqlikka erishish yoʼllarini oʼrganuvchi metrologiya faoliyati “Olmaliq KMK” АJ ishlab chiqarish tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Salkam 40 ming kishilik mehnat jamoasiga ega boʼlgan yirik sanoat korxonasida mazkur soha strategik ahamiyatga ega ekani shubhasiz. Korxona tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan Markaziy metrologiya laboratoriyasi (O‘ZAK.QL.0093) kombinatning […]
GАZ TА’MINOTI TIZIMIDА METROLOGIYA: АNIQLIK, SHАFFOFLIK VА ISHONCH KАFOLАTI

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda energetika sohasini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish va inson omilini kamaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlarda metrologiya sohasi alohida ahamiyat kasb etib, gaz ta’minoti tizimida aniqlik, shaffoflik va ishonchlilikni ta’minlashning muhim omiliga aylanmoqda. Ayniqsa, gaz ta’minoti kabi keng qamrovli sohada har bir o‘lchovning aniqligi, har bir hisob-kitobning ishonchliligi hamda har bir […]
PRESS-RELIZ
So‘nggi yillarda mamlakatimizda texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya sohasini xalqaro talablar asosida tubdan takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining sohani rivojlantirishga qaratilgan qaror va tashabbuslari milliy sifat infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Xususan, joriy yilning 16-fevral kuni qabul qilingan “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari […]
20-may — Butunjahon metrologiya kuni

2026-yilda Butunjahon metrologiya kuni Xalqaro tarozi va o’lchovlar byurosi (BIPB) rahbarlari tomonidan ilgari surilgan “Metrologiya: muhim qarorlarni qabul qilishda ishonchni mustahkamlash” shiori ostida keng nishonlanmoqda. Ushbu mavzu ishonchli va aniq o‘lchashlarning ilm-fan, sanoat, sog‘liqni saqlash, savdo va boshqa sohalardagi ahamiyatini ta’kidlaydi. O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) ushbu sana munosabati bilan metrologiyaning sifat, xavfsizlik va innovatsion […]
O‘ZBEKISTON METROLOGIYASI: JAHON STANDARTLARI SARI HARAKAT

Hurmatli metrologiya sohasi xodimlari! 20 may – Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan sohada faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislar, ishchi va xizmatchilarni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan tabriklab, ezgu tilaklarimni bildiraman! Metrologiya – bu nafaqat o‘lchashlar aniqligini ta‛minlovchi ilmiyamaliy soha, balki iqtisodiyot barqarorligi, sanoat rivoji, inson salomatligi va xavfsizligini kafolatlovchi muhim omildir. Har qanday ishlab chiqarish […]