2026-yilda Butunjahon metrologiya kuni Xalqaro tarozi va o’lchovlar byurosi (BIPB) rahbarlari tomonidan ilgari surilgan “Metrologiya: muhim qarorlarni qabul qilishda ishonchni mustahkamlash” shiori ostida keng nishonlanmoqda.
Ushbu mavzu ishonchli va aniq o‘lchashlarning ilm-fan, sanoat, sog‘liqni saqlash, savdo va boshqa sohalardagi ahamiyatini ta’kidlaydi.
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) ushbu sana munosabati bilan metrologiyaning sifat, xavfsizlik va innovatsion rivojlanishdagi o‘rniga bag‘ishlangan tadbir tashkil etmoqda.
Hurmatli Prezidentimizning “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida olib borayotgan oqilona siyosati hamda sohalarni izchil isloh qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur islohotlarning amaliy ifodasi sifatida 20-may – Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan Ilmiy-amaliy tadbirga taklif etamiz. Tadbir davomida zamonaviy metrologiyaning ilm-fan, sanoat, energetika, sog‘liqni saqlash, savdo va boshqa muhim sohalardagi o‘rni, shuningdek, aniq o‘lchashlar orqali davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va jamiyat hayotida ishonchli qarorlar qabul qilishdagi ahamiyati muhokama qilinadi.
Shuningdek, tadbir doirasida ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari asosida amalga oshirilgan Birlamchi nisbiy namlik birligi etalonining ochilish marosimi hamda “Eng yaxshi metrolog” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbirda vazirlik va idoralar, metrologiya sohasida faoliyat yuritayotgan tizim tashkilotlari, yetakchi xorijiy kompaniyalar, shuningdek, mahalliy hamkor tashkilotlar va soha mutaxassislarining ishtirok etishi nazarda tutilgan.
Barchangizni tadbirda kutib qolamiz!