“Fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Joriy yilning 1–30-aprel kunlari mamlakatimizda “Fuqaro muhofazasi oyligi” o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasining Navoiy filiali tomonidan qator amaliy tadbirlar tashkil etildi. Xususan, filialda Navoiy shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor S.A.Karanayev hamda Navoiy shahar Tibbiyot birlashmasi shifokori X.Fayziyeva ishtirokida texnik vositalar yordamida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va birinchi tibbiy yordam […]
O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Navoiy filialida Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zMMI Кorrupsiyaga qarshi kurashish Kоmpalaens nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi B.Shixov ishtirokida filial xodimlariga “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son va «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-270-son Farmonlari hamda “Мanfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining mazmun-mohiyatini […]
Ona tilim g‘ururim, faxrim

Bu yil O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘lishi munosabati O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining hududiy filiallari tomonidan “Ona tilim g‘ururim, faxrim” mavzusi qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlar davomida davlat tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan farmon va qarorlar, me’yoriy hujjatlar hamda ona tilimiz qadri va nufuzini yanada oshirish borasidagi amaliy ishlar alohida e’tirof […]
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hududiy filiallarida akkreditatsiya doirasi kengaytirilidi.

O‘zMMI Navoiy filiali Oʻz DSt 3444:2020 standarti talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan qiyoslash laboratoriyasi (O‘ZAK.QL.0047) akkreditatsiya sohasi kengaytirildi. O‘zMMI Olmaliq filiali Oʻz DSt 3444:2020 standarti talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan qiyoslash laboratoriyasi (O‘ZAK.QL.0071) akkreditatsiya sohasi kengaytirildi. O‘zMMI Qashqadaryo filialining O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan kalibrlash laboratoriyasi (O‘ZAK.KL.0016) akkreditatsiya sohasi kengaytirildi. O‘zMMI Navoiy […]
Akkreditatsiya sohasi kengaytirildi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Navoiy filiali o‘lchash vositalarini qiyoslash bo‘yicha akkreditatsiya sohasini kengaytirish maqsadida tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Endilikda ishlab chiqarish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatlarida, mahsulotlarni sinash va boshqa turdagi laboratoriyalarda foydalaniladigan spektrofotometrlarni qiyoslash, avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek 50 000 dm3 gacha bo‘lgan avtosig‘mlarni qiyoslash bo‘yicha akkreditatsiya sohasi kengaytirildi.
Kalibrlash xizmatlari ko‘rsatilmoqda

O‘zbekiston milliy metrologiya insituti Navoiy filiali tomonidan viloyatda faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlarda sifatli metrologik xizmatlar amalga oshirib kelinmoqda. Mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini ta’minlashda kalibrlash xizmatlarining o‘rni katta ahamiyat kasb etadi. Filialda 2021-yildan boshlab kalibrlash xizmatlari joriy etilgan bo‘lib, ayni vaqtda sohani yanada kengaytirish, yangi uslubiyatlarni joriy etish va mutaxassislar malakasini oshirish ishlari olib […]