
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Navoiy filiali o‘lchash vositalarini qiyoslash bo‘yicha akkreditatsiya sohasini kengaytirish maqsadida tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Endilikda ishlab chiqarish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatlarida, mahsulotlarni sinash va boshqa turdagi laboratoriyalarda foydalaniladigan spektrofotometrlarni qiyoslash, avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek 50 000 dm3 gacha bo‘lgan avtosig‘mlarni qiyoslash bo‘yicha akkreditatsiya sohasi kengaytirildi.
