Aniq vaqt

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Navoiy filialida Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zMMI Кorrupsiyaga qarshi kurashish Kоmpalaens nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi B.Shixov ishtirokida filial xodimlariga “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son va «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-270-son Farmonlari hamda “Мanfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining mazmun-mohiyatini etkazish, filialda korrupsiyaga qarshi kurashish, коrrupsiya hamda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olishga doir belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, fuqarolar noroziligiga sabab bo‘luvchi holatlarning oldini olish, xizmat vazifalariga sidqidildan yondashgan holda bajarish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil